Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Davlat tashkilotlari bozori



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Davlat tashkilotlari bozori deganda esa o’z faoliyatlarini yuritish uchun 
tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchi yoki ijaraga oluvchi hamma bo’g’indagi davlat 
tashkilotlari tushuniladi. 
Ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar bozori 
kam sonli xaridorlarga egaligi, lekin tovarlarning katta miqdorda sotilishi bilan 
xarakterlanadi. 
Bozorda kim etakchilik qilishiga qarab bozorlar "sotuvchi bozori" va "xaridor 
bozori"ga bo’linadi. 
"Sotuvchi bozori" - unda tovarga bo’lgan talab taklifdan oshib ketadi. 
Bunday bozorda sotuvchi hukmronlik qiladi, xaridorning esa faol ishtirokchi 
bo’lishiga to’g’ri keladi. Bunday holatda "pul tovar orqasidan yuguradi". 
"Xaridor bozori" - bunday bozorda taklif talabdan ko’p, shuning uchun 
xaridorlar (iste'molchilar) taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlar orasidan 
hohlaganini tanlash imkoniyatiga ega. Bunday bozorda xaridorlar ustunlikka ega 
bo’lib, ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar bozorning eng faol ishtirokchilariga 
aylanadilar. Bunday holatda "tovar pul orqasidan yuguradi". 
Talab va taklifning miqdori va tarkibi jihatidan bir-biriga muvofiq kelishini 
"muvozanatli bozor" deb yuritiladi. Muvozanatli bozorni ta'minlashning asosiy 
yo’llari quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarishni talab darajasiga etkazish orqali 
bozorni to’yintirish; etarli darajada mahsulotlar zahirasini barpo etish; xaridorgir 
mahsulotlar narxini oshirish va aksincha, talab uncha mavjud bo’lmagan mahsulotlar 
narxini pasaytirish va boshqalar. 
15.2. Bozor konyunkturasi va unga ta'sir qiluvchi omillar 
Marketing faoliyatida bozorni o’rganishning asosiy elementlaridan biri bozor 
konyunkturasini o’rganish bilan bog’liq bo’ladi. 
Konyunktura deganda ma'lum omillarning ta'siri natijasida vujudga keladigan 
qisqa muddatli shart-sharoitlar tushuniladi. Omillarning o’zgarishi konyunkturaning 
o’zgarishiga olib keladi. 
Marketingda esa bozor konyunkturasi deganda belgilangan vaqtda maqsadli 
bozorda vujudga keladigan iqtisodiy shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi. Bozor 
konyunkturasini o’rganish zarurati quyidagilarga bog’liq bo’ladi: 
a) odatda bozorning sig’imi, segmentlanishi va talab qayishqoqligi o’zgarib 
boradi, shu sababli ularning monitoringini amalga oshirish lozim; 
b) bozordagi omillar kompleks ravishda ta'sir o’tkazishi sababli ularni alohida 
o’rganish tegishli samara bermaydi; 


141
c) bozor to’g’risidagi ma'lumotlar odatda retrospektiv xarakterga ega, shu 
sababli rejalashtirish uchun maxsus usullar talab qilinadi. 
Bozor konyunkturasini o’rganish mazmuni va tartibi firma tomonidan 
ko’zlangan maqsadga bog’liq bo’ladi va uch turga bo’linadi: konyunktura 
axborotnomasi, konyunktura tahlili va konyunktura prognozi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin