148
javob reaktsiyasini vujudga keltiradi. Quyidagi 28-chizmada esa o’sha oddiy
modelning birmuncha kengaytirilgan shakli keltirilgan.
28-chizma. Xaridorlar xulq-atvorining kengaytirilgan modeli
Keltirilgan 28-chizma ma'lumotlaridan ko’rinib turibdiki, marketingning
qo’zg’atuvchi omillari o’z ichiga tovar, narx, reklama va sotishni rag’batlantirish kabi
asosiy to’rtta elementni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, qo’shimcha qo’zg’atuvchi
omillar ham iste'molchilarning xulq atvoriga ta'sir ko’rsatadi. Bularga iqtisodiy,
ilmiy-texnikaviy, siyosiy va madaniy muhitlarni keltirish mumkin. Bu hamma
qo’zg’atuvchilar xaridorlar ongining "qora quti"sidan o’tib kuzatish mumkin bo’lgan
xaridor reaktsiyasini vujudga keltiradi. Bu reaktsiya o’z navbatida nima xarid
qilinganligi kabi jarayonlarda o’z ifodasini topadi.
Bozorda faoliyat yurituvchi marketologning vazifasi esa xaridor ongining
"qora quti"sida nima ro’y berayotganligini aniqlashdan iboratdir. "Qora quti"ning o’zi
esa ikki qismdan tashkil topgandir. Birinchi qismi - qo’zg’atuvchilarni qanday qabul
qilishi va unga munosabatiga asosiy ta'sir ko’rsatuvchi xaridorlar tavsifi bo’lsa,
ikkinchisi esa xaridorning qaror qabul qilish jarayoni hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: