Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Maslouning motivatsion nazariyasi



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Maslouning motivatsion nazariyasi esa nima uchun insonlar ma'lum vaqt 
davomida o’z xulq-atvorining motivi sifatida ma'lum bir ehtiyojga ega bo’lishlarini 
tushuntirishga qaratilgandir. Maslou ehtiyojning ierarxik strukturasini ishlab chiqdi. 
Bu nazariya bo’yicha ehtiyojlar muhimligiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi: 
fiziologik (oziq-ovqatlarga, kiyim-kechak, yashash joylarga bo’lgan ehtiyojlar), o’z-
o’zini saqlash (xavfsizlik va himoya qilinganlik), sotsial (ma'lum sotsial guruhlarga 
mansublik), hurmat (o’z-o’zini hurmat, xizmatini tan olish, tashkilotda ma'lum 
statusni egallash), o’z-o’zini tasdiqlash (o’zining qobiliyatini to’liq ochish 
imkoniyati, o’z-o’zini ko’z-ko’z qilish). Inson birinchi navbatda eng muhim 
ehtiyojini qondirishga harakat qiladi. Birlamchi ehtiyojlar qondirilgandan so’ngra 
esa, inson muhimligiga qarab navbatdagi ehtiyojini qondirishga harakat qiladi. 
Masalan, ochlikdan aziat chekayotgan kishi san'at dunyosida ro’y berayotgan 
o’zgarishlar bilan qiziqmaydi, balki uni kun kechirishi uchun zarur bo’lgan oziq-
ovqat mahsulotlari qiziqtiradi. 
Umuman, motivatsiyani o’rganish asosida xarid qilish sabablarini, 
xaridorlarning xatti-harakatlarini, sotish tarmog’iga bo’lgan munosabati, axborot 
olish va qaror qabul qilish jarayoni, iste'molchilarning turli guruhlarining urf-odatlari 
va hokazolar haqida kommunikatsiyalar jarayoni uchun zarur bo’ladigan ma'lumotlar 
tanlash mumkin bo’ladi. 
Qisqa xulosalar 
Marketingda bozor deganda ma'lum tarmoq tovarlariga ehtiyoj sezuvchi va uni 
qondirish imkoniyatiga ega bo’lgan potentsial iste'molchilarning majmui tushuniladi.
Konyunktura deganda ma'lum omillarning ta'siri natijasida vujudga keladigan 
qisqa muddatli shart-sharoitlar tushuniladi. Omillarning o’zgarishi konьyunkturaning 
o’zgarishiga olib keladi. Konyunkturani o’rganishning birinchi bosqichi 
iqtisodiyotning holatini tahlil qilishdan boshlanadi. Bozor konyunkturasining hozirgi 
holati iqtisodiy siyosatning bir-ikki yil oldin bajarilgan harakatlarning mahsuli 


150
bo’lganligi sababli, makroiqtisodiy tahlil kamida ikki yillik muddatni qamrab olishi 
maqsadga muvofiq.
Bozor konyukturasini o’rganishning sotuvchi va ishlab chiqaruvchilar uchun 
zarurligi kelajakda ishlab chiqarish quvvatlarini qaysi yo’nalishda rivojlantirish va 
qanday sotish siyosatini qo’llash bo’yicha aniq va ishonchli axborotga ega bo’lishda 
namoyon bo’ladi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin