Microsoft Word menejment va marketing asoslari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

qo’shilgan xizmatlar (asosiy funktsiya bilan bog’liq bo’lmagan, lekin iste'molni 
qondirish imkoniyatlarini, misol uchun, yangi tovarni sotib olayotganda 
topshirilayotgan ishlatilgan mahsulotning narxi hisobiga kengaytiriladigan) deb 
ko’rsatiladi. 
Tovarga baho berishda uning sifati asosiy o’rinda turadi. Bu tushuncha 
quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
 texniki-qtisodiy tavsiflar; 
 tayyorlash texnologiyasi; 
 ishonchlilik va uzoq vaqt davomida ishlatilishi; 
 mo’ljallanadigan maqsadga mos kelishi; 
 ekologik xususiyatlari (atrof-muhitni himoya qilish talablariga mos 
kelishi); 
 ergonomik xususiyatlari (inson organizmining tuzilishi va xususiyatlarini 
hisobga olish); 
 estetik xususiyatlari (tashqi shakli va ko’rinishi, jozibaligi, ifodalanishi). 
Tovarning ko’zda tutilayottan xususiyatlarining tahlilini tizimli ravishda 
amalga oshirish zarur (29-chizmaga qarang). 


152
Sotiladigan tovarlarga qo’yiladigan talablar quyidagicha ta'riflanishi 
mumkin: 
 talabning mavjudligi va sotishning qulay sharoitlari; 
 xaridorlarning ehtiyojlarini qondirish va o’xshash tovarlarga nisbatan 
qo’shimcha ijobiy xususiyatlarga ega bo’lish, ya'ni raqobatbardosh bo’lish; 
 xavfsizlik, ishonchlilik, sifatlilik; 
 reklama, tovar va uni ishlab chiqaruvchilar haqidagi axborot, savdo 
markasi, marketing tayyorgarligining mavjudligi; 
 bozor uchun yangiligi; 
 iste'molchiga to’g’ri keladigan narx (narxning pastligi; xaridor tovardan 
olmoqchi bo’lgan natija; to’lanadigan narx evaziga oladigan sifat darajasi); 
 modelning mashhurligi va tovar ishlab chiqaruvchilarning obro’si; 
 g’irrom raqobatdan va kelishilmagan takror ishlab chiqarishdan 
himoyalanganligi; 
 savdo (sotish) tarmog’ining mavjudligi, ochiqligi; 
 servis xizmat ko’rsatish va kafolatlar, almashtirishning osonligi. 
Bu asosiy talablarga rioya qilish bozorga chiqariladigan tovarning uzoq vaqt 
davomida talab bilan ta'minlanishi uchun sharoit yaratadi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin