Microsoft Word menejment va marketing asoslari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Markali mahsulot. Ular mahsulotning qimmatini kuchaytiradi, uni o’xshash 
tovarlar ichidan ajratadi, iste'molchilar uchun foydaliligini ko’rsatadi, muvaffaqiyatli 
sotilishini ta'minlaydi va hokazo. Tovarga marka nomini berish real ustunliklarga ega 
bo’lish imkoniyatlari va ularga erishish xarajatlarini baholash bilan bog’liq. Bu 
shartlarning bajarilishini ta'minlovchi asosiy komponentlar quyidagilar: 
1. Tovarning doimiy sifati. Uning eng yuqori bo’lishi shart emas, lekin u 
etarli darajada yaxshi va asosiysi - ishlab chiqarilish va sotish joyi vaqtidan qatьi 
nazar barqaror bo’lishi kerak. 
2. Transportirovka, sotish va servis shartlari o’zgarmaganda tovarning doimiy 
narxi saqlab qolinishi. 
3. Tovarni hamma joyda (bozorning belgilangan segmentlari chegarasida) 
osongina va qo’shimcha talablarsiz sotib olish imkoniyati. 
4. Reklama yoki boshqa axborot asosida sotib olishga oldindan kelishish 
imkoniyati (pochta, telefon buyurtmasi va hokazo orqali xarid qilish). 
Markali tovar tovarlarning umumiy massasi orasida yaqqol ko’rinadi, 
iste'molchilar ongida u ijobiy tasavvurga ega. Uning belgisi - firma tovar belgisi. 
Marka siyosatini amalga oshirish marka nomini tanlash, markaning bozor kuchini 
aniqlash, va nihoyat, marka strategiyasini ishlab chiqish bilan bog’liq. Markaning 


154
nomi, dastavval, tovarning xususiyati, asosiy sifatini aks ettirishi va boshqacha 
belgilanishga to’g’ri kelmasligi kerak. Shu bilan birga quyidagi talablarga javob 
berishi kerak: qisqa, aytilishi oson va esda qoladigan bo’lishi kerak. Marketing 
vazifasi korxonaning tovar markasiga nisbatan iste'molchilarning xolisligini 
shakllantirishdan iborat. Bu jarayon jahon amaliyotida "brending" degan nomni 
oldi. Bozorda nomi va surati paydo bo’lsa - bu marka, iste'molchilarda mahsulot, 
nom, suratga nisbatan munosabat shakllansa - bu brend deyiladi. 
Tovarni yaratish, ishlab chiqarish, takomillashtirish, sotish, sotilgandan keyingi 
xizmat ko’rsatish, reklama tadbirlarini ishlab chiqish, shubhasiz, tovar ishlab 
chiqaruvchining butun faoliyatida markaziy o’rinni egallaydi. Mana shu kompleks 
tadbirlar tovar siyosati deb ataladi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin