161
Asosiy adabiyotlar
1. Багиев Г.Л., Тарасевич В.М., Анн Х. Маркетинг: Учебник для вузов.
3-е изд. /Под общ.ред. Г.Л. Багиева – СПб.: Питер, 2006.
2. Панкрухин А.П. Маркетинг: учеб. Для студентов, обучающихся по
специальности «Маркетинг» /А.П. Панкрухин; Гильдия маркетологов.-4-е изд.,
стер.-М.: Омега-Л, 2006.
3. Романов А.Н. Маркетинг, учебник. М.: ЮНИТИ, 2005.
4. Qosimova M.S., Ergashxo’jaeva Sh.J., Abduxalilova L.T., Muxitdinova
U.S., Yuldashev M.M. Strategik marketing. O’quv qo’llanma. -T.: O’kituvchi, 2004.
17-BOB. MARKETING TIZIMIDA NARX SIYOSATI
17.1. Marketing tizimida narx tushunchasi va narxning shakllanishi
17.2. Narx shakllanish uslublarini tanlash
17.3. Narx strategiyalar
17.1. Marketing tizimida narx tushunchasi va narxning shakllanishi
Marketing kompleksida narx ikkinchi element bo’lib, daromadni belgilaydigan
asosiy ko’rsatgichdir .
Narx deganda maxsulot, xizmatlar uchun va uni sotib olish
uchun iste'molchi sarf qiladigan pul miqdorini tushunamiz. Lekin, narx hamma vaqt
ham pul shaklida ifodalanmaydi. Masalan, barter natural almashishining qadimiy
shakli hisoblanadi.
Makroiqtisodiy nazariya bundan 150 yil ilgari ham, tovarni sotishga faqat
narx yordamida ta'sir ko’rsatishi mumkin deb uqtirib o’tgan. Bu vaziyatni yuqori
baholashnining asosiy sababi shundan iboratki, Adam Smit va David Rikardolar
davrida faqat bir xil xom-ashyo va bir xil iste'mol tovarlari ishlab chiqarilib,
iste'molchilar diqatini tovarning markasi, o’rami va reklamasi yordamida jalb qilish
imkoniyati deyarlik mavjud bo’lmagan. Ikkinchidan, mahsulot narxiga asosiy e'tibor
qaratilganligi, pulni miqdor jihatidan oson o’lchash mumkinligi va narxni sifatga
nisbatan talab va taklifda oson qo’llash mumkinligi bilan tushuntiriladi.
Quyidagi 32-chizmada talab va taklifning klassik modeli ko’rsatilgan. Bu 32-
chizma ma'lumotidan ko’rinib turibdiki, talab narxining o’sishi bilan kamayadi,
aksincha taklif ortadi. Ishlab chiqaruvchi narx orqali uning mahsuloti qanchalik
darajada kerakligi haqida axborotga ega bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: