Microsoft Word menejment va marketing asoslari


-chizma. Mahsulot yangiligi darajalari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

31-chizma. Mahsulot yangiligi darajalari 
Yangi g’oyalarni generatsiya qilish uslublaridan biri "miya hujumlari" uslubi 
hisoblanadi. Bu uslubning asl mohiyati shundaki, g’oyani muhokama etishda ishtirok 
etuvchilarning har biriga o’z fikrlarini bemalol bayon etishlari uchun imkoniyat 
yaratiladi va har qanday fikr qanchalik g’ayri oddiy bo’lishidan qat'i nazar tanqid 
qilinmaydi. 
G’oyani tanlash. G’oyani shakllantirish bo’yicha faoliyatdan maqsad mumkin 
qadar ko’proq g’oyaga ega bo’lishdan iboratdir. Keyingi bosqichdagi maqsad esa 
ularning sonini qisqartirishdan iboratdir. Demak, g’oyani tanlash deganda yangi tovar 
haqida ilgari surilgan g’oyalarning hammasini tahlil qilib, shular orasidan uncha 
ahamiyatga ega bo’lmagan g’oyalarni qoldirib, ilg’or g’oyalarni ajratish tushuniladi. 
Buning natijasida korxona bozorga taklif etilishi mumkin bo’lgan tovar bo’yicha 
yangi g’oyani tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi. 
Yangi tovar kontseptsiyasini ishlab chiqish va uni tekshirish. G’oya 
tanlangandan keyin uni tovar kontseptsiyasiga aylantirish kerak. Bu kontseptsiya 
potentsial iste'molchilarda sinab ko’riladi. Unda quyidagi savollarga javob kutiladi: 
G’oyani tushunish osonmi? Mazkur mahsulotning bozordagi mavjud tovarlarga 
nisbatan afzalliklarini ko’rayotirsizmi? Bu tovarni sotib olasizmi? U real ehtiyojni 
qondiradimi? Siz uni tez-tez xarid qilasizmi? Sizning fikringizcha uning narxi qanday 
bo’lishi kerak? Bu savollarga javob olish uchun bozorni testlash va fokus-guruhlar 
o’tkazish talab etiladi. 
Marketing strategiyasini ishlab chiqish. Marketing strategiyasi - bu dastlab 
yangi mahsulotni bozorga chiqarish strategiyasini aniqlashdan iboratdir. Bu erda 
quyidagi savollar ko’rib chiqiladi. Eng avvalo, maqsadli bozorning hajmi, strukturasi 
va xarakteri aniqlanadi. So’ngra, sotish hajmi, narxi, keladigan foyda baholanadi va 
Yangi mahsulot turi
Butunlay yangi mahsulot
Xususiyatlari yaxshilangan mahsulot
Qo’shimcha funktsiyalar kiritilgan mahsulot
Kam xarajat talab etilgan mahsulot
Yangi dizayn bеrilgan mahsulot
Yangi marka va o’ram bilan chiqarilgan маhsulot


159
sotish kanallari tanlanadi. Tabiiyki, bu prognozlash yo’li bilan baholash aniq 
bo’lmasada, ma'lum bir mo’ljalni ko’zlagan bo’ladi. 
Biznes tahlili - bu korxonaning maqsadidan kelib chiqqan holda yangi 
mahsulotning kelgusida qancha miqdorda sotilishi, xarajatlari va foydasini 
baholashdan iboratdir. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin