157
mos keladi
Sotish Tovar
tarqatish
chegaralangan,
bir segmentda
kontsentratsiyal
angan
Sotishni tez
kengaytirish, yangi
segment-larni topish
Intensiv sotish
Tovarni tanlab
tarqatish
Tovarni
bozorga
siljitish
Ancha harakat
talab etiladi
Mumkin qadar
maksimal harakat
Foydaga mos
ravishda
harakatning
kuchsizlanishi
Tovarni
bozordan
chiqarish
Servis Nazorat,
mumkin qadar
markazlashtirilg
an nazorat
Nazorat, mumkin
qadar markazlashti-
rilmagan nazorat
Servis markazi
tomonidan olib
boiladigan nazorat
Tovarni sotish
uchun yangi
imkoniyatlar
yaratish
maqsadida
servisdan
foydalanish
16.3. Yangi tovar ishlab chiqarish strategiyasi
Korxonaning raqobatchilari, texnologiya jarayonlari va iste'molchilarning
didida bo’ladigan o’zgarishlar faqat mavjud tovarlar bilangina faoliyat yuritish etarli
emasligidan dalolatdir. Iste'molchilar yangi va takomillashgan
mahsulotlarni
xohlaydilar va kutadilar. O’z navbatida raqobatchilar ham xaridorlarni shunday yangi
tovarlar bilan ta'minlashga jon-jahdi bilan harakat qiladilar. Shu sababli ham, har
qanday firma yoki korxonaning yangi tovarlar yaratish bo’yicha o’z dasturi bo’lmog’i
kerak.
Korxona yangilikni ikki xil usul bilan qo’lga kiritishi mumkin. Birinchidan,
yangi korxonani butunlay yoki begona korxonaning tovarini ishlab chiqarishga ruxsat
beradigan patent va litsenziyalarni, nou-xaularni sotib olish yo’li bilan.
Ikkinchidan,
o’z korxonasida tadqiqot va ishlab chiqarish bo’limlarini tashkil etib, shular orqali
ishlab chiqarishni amalga oshirish yo’li bilan.
Yangi tovar - mahsulot, g’oya va xizmatlarning ma'lum bir potentsial
iste'molchilar tomonidan "yangi" deb qabul qilinishidir. Mahsulot yangiligining bir
necha bosqichlarini ko’rsatish mumkin (31-chizma).
Yangi tovar ishlab chiqarish - original tovar yaratish, tovarning xususiyatini
yaxshilash va uni modernizatsiya qilish, korxonanig o’z ilmiy-tadqiqot va loyihalash
bo’linmalarini tashkil etib, ular orqali tovarning yangi markasini
ishlab chiqarishdan
iboratdir. Yangi tovar ishlab chiqarish jarayoni quyidagi sakkiz bosqichni o’z ichiga
oladi: g’oyani izlash, g’oyani tanlash, yangi tovar kontseptsiyasini ishlab chiqish va
uni tekshirish, marketing strategiyasini ishlab chiqish, biznes tahlili,
tovarni ishlab
chiqarish, tovarni bozorga chiqarish va tijorat uchun ishlab chiqarish.
G’oyani izlash. Yangi tovarni ishlab chiqarish g’oyani izlashdan boshlanadi.
g’oyani izlash sistematik ravishda olib borilishi kerak. Yangi g’oyani izlash asosan
korxonaning ichki manbalari (yangi texnika bo’limi, tadqiqot laboratoriyasi,
marketing bo’limi), iste'molchilarning, raqobatchilarning, ishlab chiqaruvchilarning,
distribyutorlarning xohish-istaklarini o’rganish, ommaviy axborot vositalari
158
ma'lumotlari asosida, g’oyalarni generatsiya qilishning
maxsus uslublaridan
foydalanib olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: