165
Narx qayishqoqligi ma'lum bir bozorda belgilangan
vaqt davomida narxning
har xil darajasida qancha mahsulot sotilishini ko’rsatadi. Ko’pchilik hollarda narx
ortishi bilan talab pasayadi.
Narx va uning o’zgarishi natijasida vujudga kelgan talab darajasi o’rtasidagi
bog’liq talab egri chizig’i bilan tavsiflanadi. quyidagi 33-chizmada
ikkita talab egri
chiziqlari keltirildi. Bu keltirilgan 33a, 33b chizmalar ma'lumotlaridan ko’rinib
turibdiki, talab va narx o’rtasida teskari proportsional bog’liqlik mavjud, ya'ni narx
qancha yuqori bo’lsa, talab shuncha past bo’ladi va aksincha narx qanchalik past
bo’lsa, talab shuncha yuqori bo’ladi.
Keltirilgan 33a-chizmada ko’rsatilganidek, narxni N1 dan N2 ga ko’tarsak, u
holda talab T1 dan T2 ga o’zgaradi. Bunda narxning o’zgarishi talabning ko’p
darajada pasayishini vujudga keltirmaydi. SHu sababli bunday
talabni noelastik talab
deb yuritiladi. Aksincha, 6b-chizma ma'lumotlarida ko’rsatilganidek narxning N11
dan N21 ga ko’tarilishi, talabning T11 dan T21
ga pasayishini keltirib
chiqaradi.Bunda narxning o’sha darajadagi o’zgarishi talabning keskin pasayishini
keltirib chiqarganligi uchun talab elastik hisoblanadi.
Shunday qilib, talabning narx
elastikligi narx o’zgarishiga xaridorning sezgirligini tovarlar
hajmi nuqtai nazaridan
aniqlaydi. Talabning narxga bog’liq holdagi elastikligi - bu tovarning narxi bir foiz
o’zgarishi natijasida ularning sotish hajmi o’zgarishining foizlarda
ifodalanishidir va
u quyidagicha aniqlanadi:
Sotishlar hajmining o’zgarish foizi
Talab elastikligi =
Narxning o’zgarish foizi
Agar bozor bir xil ehtiyojlarni qondirish qobiliyatiga ega bo’lgan ko’p sonli
tovar va xizmatlar bilan to’yingan bo’lsa, talabning narx elastikligi
birdan katta
bo’ladi. Talab elastikligini aniqlash asosida sotish hajmini oshirish uchun narxlarga
qanday yo’nalishda ta'sir etishni, raqobatchi sotayotgan tovar
markalaridan qaysi biri
ko’proq bozor kuchiga ega ekanligini bilib olish mumkin bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: