Microsoft Word menejment va marketing asoslari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Talabga asoslangan usul. Ko’pchilik hollarda korxonalar narxlashtirishning 
asosiy omili xarajatlar emas, balki tovarning iste'molchilar tomonidan xaridor sifatida 
qabul qilinishi, ya'ni tovarning xaridor xohlaydigan foydaliligidadir deb biladilar. 
Demak, narx bu holda tovarning qiymat jihatidan muhimligiga muvofiq kelishi kerak. 
Aslida ham har bir xaridor u yoki bu tovarni xarid qilar ekan, u xayolan xarid 
qilingan tovarning narxini uning foydaliligi bilan taqqoslab ko’radi. 
Ming so’m 
Sotish hajmi, ming dona 


168
Tovarning foydaliligi asosida narxlashtirish usulidan foydalanadigan korxona 
iste'molchilar ongida shu korxonaning tovariga raqobat qilayotgan tovarlar haqida 
ham qanday tasavvur mavjudligini bilishlari talab etiladi. Bu erda iste'molchilarning 
bitta tovar uchun har xil sharoitlarda qancha pul to’lashga tayyor ekanliklarini bilish 
ham muhim hisoblanadi. 
Agar sotuvchi tovarga narxni uning foydaliligidan ko’proq belgilasa, sotish 
hajmi belgilangandan kamroq bo’lishi mumkin. Ko’pgina kompaniyalar o’z 
tovarlarining narxlarini juda yuqori belgilaydilar va natijada tovar bozorda yomon 
sotiladi. Ba'zi kompaniyalar esa o’z tovarlariga haddan tashqari past narx 
belgilaydilar. Bu holda tovarlar bozorda yaxshi sotilsada, korxonaga kam daromad 
keltiradi. Iste'molchilarning narx darajasiga munosabatlarini bilish uchun maxsus 
marketing tadqiqotlari o’tkaziladi. Masalan, iste'molchilar orasida so’rovlar o’tkazish 
va bozorni testlashtirish shular jumlasiga kiradi. 
Iste'molchining tovarni xarid qilishiga uzoq muddat davomida mavjud bo’lib 
kelayotgan va xaridor odatlanib qolgan narxlar ham katta ta'sir ko’rsatadi. Bunday 
holatda tovar narxining ozgina oshishi ham tovar xaridining keskin kamayib ketishiga 
olib kelishi mumkin. Bunda iste'molchining odatlanib qolgan narxlarga nisbatan 
fikrini tovarning sifatini, o’rab-joylanishini va dizaynini juda yaxshilash hisobiga 
o’zgartirish lozim. 
Iste'molchilar talabi asosida narx belgilashning variantlaridan biri kim-oshdi 
savdosi o’tkazishdir. Agar tovar iste'molchi uchun juda ahamiyatli, katta qiymatga 
ega bo’lsa, u holda kim-oshdi savdosining boshlang’ich narxini juda yuqori belgilash 
mumkin bo’ladi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin