176
Korxonalarning bozorda muvaffaqiyat bilan faoliyat ko’rsatishi uchun
faqatgina sifatli tovarlarni ishlab chiqarish etarli emas, balki bu borada
iste'molchilarni shu tovarlarning iste'mol xossalari haqida har tomonlama xabardor
qilib, o’z tovarlarining iste'molchilar ongida aniq mavqeni egallashiga erishish
muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun, birinchi navbatda, korxonalar reklama
vositalaridan unumli foydalana bilishlari lozim. Reklamaning vazifasi - xabar berish,
ishontirish va eslatishdan iboratdir. Shuning o’zi reklamaning tovar sotilishiga ta'sir
ko’rsatishidan dalolatdir.
Nazorat savollari
1. Marketingda kommunikatsion siyosatni qanday tushunasiz?
2. "Pablik rileyshnz" nima?
3. Reklamaning ahamiyatini tushuntirib bering?
4. Reklamaning qanday turlarini bilasiz?
5. O’zbekistonda "Reklama to’g’risida"gi qonun qachon qabul qilingan?
6. Reklama vositalariga nimalar kiradi?
7. Reklamaga qanday talablar qo’yiladi?
8. Reklamani ishlab chiqarish tartibini tushuntirib bering.
9. Reklama xarajatlarini qanday tushunasiz?
10. Marketingda sotishni rag’batlantirishga nimalar kiradi?
Tayanch iboralar
Kommunikatsion siyosat, pablik rileyshnz, imidj, reklama, reklama vositalari,
potentsial xaridor, reklamaning samaradorligi, reklamaning maqsadi, reklama
xarajatlari, reklama turlari, sotishni rag’batlantirish.
Dostları ilə paylaş: