Microsoft Word menejment va marketing asoslari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Tayanch iboralar 
Narx, taklif, talab, talab va taklif muvozanati, narx shakllanishi, foyda, tovar 
narxi, xarajatlar, narx raqobati, narxsiz raqobat, mahsulot tannarxi, narx 
qayishqoqligi, yalpi xarajatlar, narx belgilash, yalpi daromad, narx strategiyasi, 
rentabellik, narx siyosati. 
Asosiy adabiyotlar 
1. Багиев Г.Л., Тарасевич В.М., Анн Х. Маркетинг: Учебник для вузов. 
3-е изд. /Под общ.ред. Г.Л. Багиева – СПб.: Питер, 2006. 
2. Панкрухин А.П. Маркетинг: учеб. Для студентов, обучающихся по 
специальности “Маркетинг” /А.П. Панкрухин; Гильдия маркетологов.-4-е изд., 
стер.- М.: Омега-Л, 2006. 
3. Романов А.Н. Маркетинг, учебник. М.: ЮНИТИ, 2005. 
4. Qosimova M.S., Ergashxo’jaeva Sh.J., Abduxalilova L.T., Muxitdinova 
U.S., Yuldashev M.M. Strategik marketing. O’quv qo’llanma. -T.: O’qituvchi, 2004.
18-BOB. MARKETINGDA KOMMUNIKATSION SIYOSAT 


171
18.1.Jamoatchilik bilan aloqalar (pablik rileyshnz) va uning mohiyati 
18.2. Reklama va reklama vositalari 
18.3. Marketingda sotishni rag’batlantirish 
 
18.1. Jamoatchilik bilan aloqalar (pablik rileyshnz) va uning mohiyati 
Kommunikatsion siyosat deganda bozorga tovar siljitish uslublarining 
majmui tushuniladi. Bularga pablik rileyshnz (jamoatchilik bilan aloqalar), reklama, 
sotishni rag’batlantirish va shaxsiy sotish kiradi. Kengaytirilgan ma'noda siljitish - bu 
tovarlar sotilishini tezlashtirish va bozorda ijobiy tasavvurni shakllantirish maqsadida 
axborot olish, xaridorni ishontirish va o’z faoliyati haqida ma'lumot berish uchun 
korxonaning bozor bilan doimiy aloqalarini o’rnatish va saqlab turishdir. 
Jamoatchilik bilan aloqalar (pablik rileyshnz). Jamoatchilik bilan aloqalar - 
korxonaning va shu korxona tovarlarining ijobiy obro’-e'tiborini (imidji) 
shakllantirish va ular haqidagi salbiy fikrlarni yumshatish orqali keng jamoatchilik 
bilan korxona o’rtasidagi sog’lom munosabatlardir. Jamoatchilik deganda har xil 
tashkilotlar, aholi guruhlari, moliya idoralari, davlat idoralari, aholi qatlamlari, 
mahalliy hokimiyat sub'ektlari tushuniladi. 
Ishlab chiqarish korxonalari, ma'muriy, tijorat, ilmiy tashkilotlarning yutuqlari
ularning keng jamoatchilik va iste'molchilar bilan aloqalarining qay darajada tashkil 
etilganligiga ko’p jixatdan bog’liq bo’ladi. Keyingi paytda pablik rileyshnz keskin 
rivojlanmoqda va marketing tizimida salobatli firmalarning murakkab, samarali 
quroli sifatida baholanmoqda. U iste'mol tovarlarini ishlab chiqaradagan sanoat 
firmalari va kompaniyalari tomonidan potentsial xaridorlar doirasini kengaytirish ,
tovarlar xaqida atroflicha axborotga ega bo’lish maqsadida ishlatiladi. 
Pablik rileyshnzning bosh tamoyillari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 
 axborotlarning to’la va xaqiqiy bo’lishiga erishish; 
 ma'lumotlarning oddiy va tushunarli bo’lishini ta'minlash; 
 munosabatlarning ikkala tomon uchun ham qiziqarli bo’lishiga erishish; 
 munosabatlarda o’ziga bino qo’ymaslik, bahosini ko’tarmaslikni ta'minlash; 
 jamoatchilik fikrini bilish uchun vaqtni ayamaslik; 
 munosabatlarning har bir bosqichida ishonchlilikka erishish va boshqalar. 
Pablik rileyshnzda iste'molchilarga axborotlarni etkazish uchun turli xil 
axborot vositalari va kanalllaridan foydalaniladi. 37-chizmada ularning asosiylari 
ko’rsatilgan. 
Ko’pchilik tashkilotlarda jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish uchun 
mas'ul shaxs tayinlanadi. Ana shu mas'ul shaxs omma bilan aloqalar dasturini ishlab 
chiqadi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin