Microsoft Word menejment va marketing asoslari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Davriy talab - har zamonhar zamonda paydo bo’lib, qondiriladigan va 
takrorlanib turadigan talab. 
"Dala" tadqiqotlari - bozorni o’z joyida o’rganish va bevosita yaqinlikda 
bozorning talablari, savdo jarayonlari qoidalari, mahsulot, narx va boshqa shartlari 
bilan har tomonlama tanishish. 
Daromadlarni indeksatsiyalash - baholarning oshishi bilan bog’liq aholining 
qo’shimcha xarajatlarini vaqtivaqti bilan ish haqi, pensiya, stipendiya va hokazolarni 
oshirish orqali qoplash. 
Dastlabki (birlamchi) axborotlar - muayyan marketing tadqiqoti o’tkazilishi 
uchun mo’ljallangan yangitdan yig’ib olingan ma'lumotlar. 
Demarketing - xizmat va tovarlar ishlab chiqarish imkoniyatlari yoki tovar 
resurslariga nisbatan talab darajasining keskin oshib ketishi oldini oluvchi tadbirlar. 
Demonopolizatsiya - iqtisodiyotdagi tanho hukmronlikdan (monopoliyadan) 
erkin, raqobatga asoslangan sohibkorlik faoliyatiga qayta o’tish. 
Demping - raqobatchilarni xonavayron qilmoq uchun ichki va tashqi past 
bahoda ko’p mol chiqarish. 
Demping narx - tovar tannarxidan past narx. 
Depozit - korxona, tashkilot va aholining bankda saqlanayotgan puli. 
"Direkt - meyl" - iste'molchilarga bosma reklama, tovar namunalarini va 
boshqa materiallarni to’g’ridan-to’g’ri pochta orqali jo’natish; aniq adresli reklama. 
Doimiy (standart) narx - aniq tovarlarga belgilangan va nisbatan uzoq vaqt 
amal qiladigan barqaror narx. 
Dotatsiya - zararga ishlovchi korxonalarning daromadlaridan ortiqcha 
xarajatlarini qoplash uchun davlat tomonidan beriladigan pul mablag’lari. 
Etakchi tovar narxi - biror assortiment guruhida eng katta talabga ega bo’lgan 
tovar bo’lib, iste'molchilarni butun assortimentga ko’proq jalb etish maqsadida unga 
nisabatan pastroq narx belgilanishi. 
Jamlanma (kontsentrik) diversifikatsiya - firma texnikaviy yoki bozor 
nuqtai nazaridan korxonaning ilgarigi tovarlariga o’xshash yangi mahsulotni ishlab 
chiqarish. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin