Iste'mol - mahsulotdan foydalanish, uni ishlatish jarayoni.
Iste'mol me'yori - mahsulotlar iste'moli ratsional darajasining ko’rsatkichlari.
Iste'mol strukturasi - iste'mol yo’nalishlari va iste'mol qilinadigan
mahsulotlar turlari.
Iste'mol tovarning xizmat muddati - mahsulotning o’z iste'mol xossalarini
yo’qotmay saqlab turish davri.
Iste'molchi - o’z ehtiyojini qondirish uchun mahsulot, tovar, xizmatlardan
foydalanadigan shaxs, oila, jamoa, korxona, tashkilot, muassasa.
Iste'molchi jamoa - korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va boshqa jamoalar.
Iste'molchilar "paneli" - ko’p marta marketing tadqiqotlari uchun maxsus
tanlab olingan, sinaladigan kishilar majmui.
Iste'molchilar talabi - ma'lum paytda yoki davrda iste'molchilar ehtiyojining
to’lov vositasi bilan ta'minlangan qismi; to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan ehtiyoji;
odamda biror narsaga talab paydo bo’lishi uchun o’sha narsaga ehtiyoji va shunga
yarasha mablag’i bo’lishi kerak; bozor mexanizmining muhim elementi bo’lib,
xaridor tomonidan bozorga chiqadi; ehtiyojning bozorda ko’rinishi, qondirish shakli.
Iste'molchilar xarid qobiliyati - iste'molchilarning o’zlariga zarur tovarlarni
(xizmatlarni) sotib olish uchun moliyaviy imkoniyatlari bo’lib, xarid fondlarining
tovarlar narxlarida ifodalangan shakli.
Iste'molchilar xarid fondlari - iste'molchilar (aholi) pul daromadlarining
tovarlar sotib olish uchun mo’ljallangan va ajratilgan qismi.
Ishlab chiqarish bahosi - firmaning aynan mahsulotni ishlab chiqarish va
marketingga sarflangan xarajatlariga kutilayotgan daromad hajmini qo’shish orqali
aniqlanadi.
181
Ishlab chiqarish narxi - tovarni (xizmatni) ishlab chiqarish bilan bevosita va
bilvosita bog’liq bo’lgan xarajatlar qiymati.