Kechiktirilgan talab - biror sababga ko’ra hozir qondirish iloji yoki zarur
bo’lmay, ma'lum vaqtdan so’ng qondiriladigan talab; u qondirilmagan talabning bir
ko’rinishi hisoblanadi.
Kliring - tariflar o’zaro to’lov majburiyatlarini naqd pul to’lamay qoplash
xalqaro savdosi.
Kommivoyajer - savdo firmasining sayyor agenti, namunalar, kataloglar va
boshqalar yordamida tovarlarning sotilishini ta'min etuvchi mutaxassis.
"Kabinet" tadqiqotlari - rasmiy bosma axborot manbalari asosida
umumxo’jalik kon'yunkturasi holatini, ayrim bozorlar taraqqiyotini, ayrim
mamlakatlar iqtisodiyotini o’rganish va ular to’g’risida tegishli tasavvurlar berish.
Kengash - bu muayyan masalani muhokama etish va oqilona qaror qabul
qilish maqsadida uyushtiriladigan majlisdir.
Kelishuv - bu nizoli holatda muvaffaqiyatli chiqishning eng muhim sharti- bu
murosaga kela olishlikdir.
Kontsern - bu ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi asosida tarkib topadigan
yirik, ko’p tarmoqli korporatsiyadir.
Korporatsiya - bu rivojlangan yirik aktsionerlar jamiyati va trestlar
birlashmasidir.
Konsensus - bu qarorlarni ishlab chiqish jarayonida barcha baxsli masalalar va
turli-tuman fikrlar yuzasidan bir bitimga kelish yoki kelishishdir.
Kommunikatsiya - bu kishilar o’rtasidagi o’zaro
Kon'yunktura- muayyan tovarlarga to’lash imkoniyati va uning taklifi
o’rtasidagi nisbat.
Korporatsiya madaniyati - kompaniyada qabul qilingan asosiy falsafiy qoida
va g’oyalar hamda qadriyatlar tizimi.
Kuzatish - mavjud sharoitda kishilarning xatti-harakatini, xulqini bevosita
hisobga olish.
Kundalik iste'mol tovarlari - har kuni yoki tez-tez sotib olinadigan va
iste'mol qilinadigan tovarlar.
Kundalik talab - har kuni yoki tez-tez sotib olinadigan va iste'mol qilinadigan
tovarlarga bo’lgan talab.