Mijoz - korxona, tadbirkor tovari va xizmatidan foydalanib kelayotgan
barqaror iste'molchi.
Makro-marketing - firmaning ishlab chiqarishini shakllantirish, tovarlar va
xizmatlarning tayyorlovchidan iste'molchi yoki foydalanuvchiga borish oqimini
boshqarish bilan bog’liq bo’lgan faoliyat.
Mezon - bu taqqoslash yoki baxolash uchun o’lchov, andoza. Masalan, mehnat
- kishi qadr-qimmatining mezonidir/
Minimal narx - aniq tovar narxining eng quyi chegarasi.
Mikro-talab - talabning nisbatan kichik miqyos, tovarning aniq turi, markasi,
varianti bo’yicha ko’rinishi.
Modellar banki - marketing echimlarini qabul qilish uchun mo’ljallangan
matematik modellar to’plami.
Moddiy ehtiyoj - moddiy ne'matlar, buyumlarga bo’lgan va ular yordamida
qondiriladigan ehtiyoj.
Modifikatsiya qilingan tovar - tovarning iste'mol xossalariga ijobiy
o’zgartirishlar kiritib, ishlab chiqarilgan varianti.
Motivlashtirish - bu ruhiy omil bo’lib, shaxs faoliyatining manbai, sababi,
dalili va har xil extimollaridir. U xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga
rag’batlantiruvchi kuchli vositadir.
Moslashtirilgan tovar - tovarning aniq iste'molchilar talabistaklari va
xususiyatlari, konkret iste'mol sharoitlariga moslashtirilgan varianti.
Muvaqqat narx - ayrim tovarlarga ma'lum vaqt oralig’ida amal qiladigan
narx.
Muomala xarajatlari - mollarni sotish bilan vujudga keladigan savdo
tashkilotlarining chiqimlari. Sof muomala xarajatlari (sotuvchilar, kassirlar,
buxgalterhisobchilar, reklama xarajatlari) va yangi qiymat hosil qiluvchi qo’shimcha
muommala xarajatlari (tashish, ishlash, saqlash, tortish, joylash).
Mo’'tadil (optimal) talab - qondirish imkoniyatlariga mos, ma'qul talab.
Muhtojlik - kishining o’z hayoti va faoliyatida biror narsa etishmayotgani,
zarur bo’layotganini his qilish; biror narsaga zaruriyat.