Tovar belgisi - -rasmiy ro’yxatdan o’tkazilgan va huquqiy himoya qilingan
tovar markasi yoki uning bir qismi.
Tovar birjasi - odatda yalpi ayirboshlanadigan namuna yoki nusxa bo’yicha
sotiladigan tovarlarni olishsotishni amalga oshiradigan vositachi tashkilot.
Tovarlarni intensiv (jadal) tarqatish - kundalik iste'mol tovarlarini mumkin
qadar ko’proq joylarda tezroq sotish.
Tovar iste'moli - sotib olingan mahsulotdan foydalanish, uni ishlatish
jarayoni.
Tovar kafolati - tovarning iste'mol jarayonida ma'lum davr ichida o’z foydali
funktsional xossalarini to’la saqlab qolishi bo’yicha olingan javobgarlik, mas'uliyat.
Tovarlarni jalb etib tarqatish - avvaliga iste'molchilarda yangi tovarga talab
shakllantirish, so’ng vositachilarni jalb etish.
Tovarlarni zo’rlab tarqatish - ishlab chiqaruvchi tomonidan tovarni
vositachilar noroziligiga qaramay o’tkazish.
Tovarlarni selektiv tarqatish - tovarlarni tarqatishda ishtirok etishni istagan
vositachilardan faqat ayrimlari jalb etiladi.
Tovarlarni shaxsiy sotish - tovar sotish maqsadida bir yoki bir necha bo’lajak
xaridor bilan suhbatlashib, tovarni og’zaki taqdim etish.
Tovarlarni eksklyuziv tarqatish - ma'lum hududda ayrim tovarlarni tarqatish,
sotish huquqi yagona bir vositachiga beriladi.
Tovar markasi - bir ishlab chiqaruvchi, sotuvchi tovarlarini umumlashtiruvchi
va boshqalar tovarlaridan ajratib turuvchi nom, termin, belgi, tasvir, timsol yoki
ularning birgalikdagi yaxlit shakli.
Tovar narxi - ayirboshlashda tovar uchun to’lanadigan mablag’, pul miqdori.
Tovar nomenklaturasi - assortiment guruhlar to’plami.
Tovarning bozor ulushi - aniq tovarning shu xildagi hamma tovarlar sotish
umumiy hajmidagi hissasi.
Tovarning mavqei - tovarning raqib tovarlarga nisbatan iste'molchilar ongi va
ko’nglida tutgan o’rni.