Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Tovarning raqobatbardoshligi



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Tovarning raqobatbardoshligi - tovarning raqib tovarlar bilan bir xil narxda 
va xizmat talab bo’lib, o’z funktsiyasiga binoan ehtiyojni ulardan past bo’lmagan 
darajada qondirish qobiliyati. 


189
Tovarning texnik darajasi - tovarning fantexnika taraqqiyoti, standartlar, 
texnik shartlar va boshqa texnik talablarga mos kelishi. 
Tovarning hayotiy davri - tovarning yaratilishidan boshlab, unga talab 
qolmay bozordan chiqib ketgungacha bo’lgan davr. 
Tovar siymosi - tovarning iste'molchilar ongida shakllangan tasavvuri. 
Tovar siljitish - tovar haqidagi ma'lumotlarni iste'molchilarga etkazish va 
singdirish, iste'molchilar bilan aloqa o’rnatish faoliyati. 
Tovar sifati - tovarni iste'mol qilish va undan foydalanish jarayonida aniq 
ehtiyojni qondirish darajasi. 
Tovar sotishni rag’batlantirish - turli vositalar, usullar, tadbirlar yordamida 
tovar sotuvchilar va oluvchilarning qiziqishini kuchaytirish. 
Tovar taklifi - bozorda mavjud bo’lgan tovarlar majmui. 
Tovar tarqatish - ishlab chiqarilgan tovarlarni iste'molchilarga etkazib berish 
faoliyati. 
Tovar tarqatish kanali - tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan iste'molchilarga 
bo’lgan makon va zamonda tovar harakatini amalga oshirish va mulk huquqini o’z 
zimmasiga oladigan tashkilotlar, korxonalar, shaxslar to’plami; ishlab chiqarishdan 
iste'molgacha to var o’tadigan yo’l. 
Tovar tannarxi - tovarni ishlab chiqarish uchun bevosita, to’g’ridan-to’g’ri 
qilingan xarajatlar qiymati. 
Tovar o’rami - tovarni solish, joylash, saqlash uchun xizmat qiladigan idish. 
Tovar hayotining bosqichlari - tovarning hayotiy davrida unga bo’lgan talab 
harakteri va uni sotish darajasi bilan belgilanadigan hamda ajralib turadigan alohida 
paytlar (bosqichlar). 
Tovar harakati - tovarlarning ishlab chiqarilgan joydan iste'mol qilinadigan 
joygacha jismoniy harakati bo’lib, ularni joylashtirish, saqlash, jo’natish, tashish, 
yuklash, tushirish, zaxiralarini shakllantirish jarayonlaridan iborat. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin