Subsidiya - bu davlat tomonidan aniq maqsad yo’lida ishlatish uchun qaytarib
olmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag’idir.
Sanatsiya - iqtisodiyot uchun ahamiyati katta korxonalarni tang holatdan
chiqarib, ularning bir me'yorida ishlab turishini ta'minlash hamda korxonalarni
ommaviy bankrot bo’lishiga yo’l bermasdan, raqobatchi korxonalar sonini kerakli
miqdorda saqlab turish maqsadlarida amalga oshiriladi.
Strategiya - grekcha "strategos" iborasidan olingan bo’lib, "general san'ati"
ma'nosini bildiradi.
Stress - inglizcha so’zdan olingan bo’lib, asabiylik, keskinlik degan ma'noni
anglatadi.
Strategik rivojlantirish - korxonaning maqsadi, resurslari va marketing
imkoniyatlarining o’zaro strategik muvofiqligini ta'minlash jarayoni.
Supermarket - xaridorning o’z-o’ziga xizmat ko’rsatishga asoslangan juda
keng tovar assortimenti bilan sotish jarayonlarini uyushtiruvchi yirik savdo
muassasasi.
Sust talabli tovarlar - ayni paytda tovarga talab imkoniyat darajasidan ancha
past bo’ladi.
So’rov - kishilarning bilimlari, e'tiqodlari, xohishlari va mamnunliklari
to’g’risidagi ma'lumotlar olish uslubi.
Tabaqalangan narx - bir xil yoki o’xshash tovarlarga, tovarning turli
variantlari, turli savdo shartsharoitlari farqiga qarab belgilanadigan har xil narx.
Tabaqalangan marketing strategiyasi - bozor bo’g’inlaridan bir nechtasi
tanlanib, ularning har biri uchun alohida tovar taklif etish va maxsus marketing
kompleksini qo’llashga mo’ljallangan marketing turi yoki strategiyasi.
Tabaqalanmagan marketing strategiyasi - ommaviy tovarni bo’g’inlarga
bo’linmagan umumiy bozorda sotish uchun marketing kompleksini qo’llash tartibi.
Tadbirkorlik - pul topish maqsadida va mas'uliyatni zimmaga olgan holda
biron iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish.
Tavakkalchilik - biron ish bilan shug’ullanish oqibatida zarar ko’rib qolishdan
qutulib qolish imkoniyati.