Narx chegirimi (tashlamasi) - ayrim hollarda tovar narxidan ma'lum qismi
chegarib, olib tashlanishi yo’li bilan pasaytirilgan narx.
Narx chizig’i - bir tovar narx diapazoni oralig’ida uning turli variantlariga har
xil narxlar belgilash.
Nizo - bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar orasida muayyan masalalarni hal
qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir echimga kela olmaganligi tufayli vujudga
keladigan vaziyatdir.
Noma'qul talab - iste'molchilar va jamiyatga ziyon keltiradigan tovarlarga
bo’lgan talab (narkotik -moddalar, tamaki mahsulotlari, qurolyarog’ va boshqalar).
Nou-xau (ishlab chiqarish siri) - ilmiy-texnikaviy, tijorat tashkilotchilikka
oid bilimlar, tajribalar va ularga tanho ega bo’lish.
Nusxada tiklash (imitatsiya) - EHM yordamida qog’ozda qayd etiladigan
xilma-xil marketing omillarining qaytadan yaratilishi.
Obro’ - bu hamma tomonidan tan olingan hamda mehnat evaziga orttirilgan,
rahbar uchun zarur ishonch va qalqondir.
Obro’li narx - qadrqimmati yuqori bo’lgan maxsus talabli tovarlarga
belgilanadigan narx.
Oila ehtiyoji - butun oilaga kerak bo’ladigan va xizmat qiladigan narsalarga
bo’lgan ehtiyoj.
"Pablik-rileyshne" - jamoatchilik bilan aloqa o’rnatish va jamoatchilik fikrini
uyushtirish, korxona va uning tovarlariga yaxshi munosabat shakllantirish.
Pablisiti - mijozlar bilan korxona o’rtasidagi jamoatchilik ijobiy fikrini
ommaviy axborot vositalarida shakllantirish, yaxshi ovozalar tarqatish. Past talab - mo’ljallangan daraja va qondirish imkoniyatlariga nisbatan past
bo’lgan talab.
Potentsial bozor - korxonaning tovari (xizmati) qiziqtirishi, jalb etish,
ehtiyojini qondirish mumkin bo’lgan iste'molchilar guruhi.
Preferentsiya (afzallik) - shartnoma bo’yicha beriladigan afzallik, imtiyozli
sharoit.