Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Pul - umumiy ekvivalent vazifasini o’tovchi, ya'ni boshqa hamma tovarlar  qiymatini ifodalovchi maxsus tovar.  Pul qadri



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Pul - umumiy ekvivalent vazifasini o’tovchi, ya'ni boshqa hamma tovarlar 
qiymatini ifodalovchi maxsus tovar. 
Pul qadri - pulning tovar va xizmatlarni xarid etish, chet el valyutalariga 
almasha olish qobiliyati. 
Psixologiya - insonnig ruhiyatini o’rganuvchi fandir. Inson ruhiyatiga esa 
sezish, idrok etish, tasavvur, tafakkur, taassuf jarayonlari, xotira, diqqat, e'tibor, iroda, 
shuningdek inson shaxsining ruhiy xususiyatlari, chunonchi, qiziqish, qobiliyat, fe'l-
atvor va mijoz kiradi. 
Ratsional ehtiyoj - ehtiyojning ilmiy nuqtai nazardan kishi hayoti va 
faoliyatini to’la qanoatlantiradigan turlari va darajasi. 
Rag’batlantiruvchi marketing - iste'molchilarning e'tiboridan qolgan 
tovarlarga talabni faollashtirish. 
Raqobat - ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va sotishning eng yaxshi 
sharoitlari uchun tovar ishlab chiqaruvchilararo raqiblik. 
Raqobatbardoshlik - tovarning bozordagi xaridorgirligi va pulga 
ayirboshlanish qobiliyati. 
Regional bozor - ma'lum hudud doirasida tovarlarni oldi-sotdi etish 
munosabatlari. 
Reklama - aniq maqsadga yo’naltirilgan, ma'lum va nomi aniq manba 
tomonidan haqi to’langan joyda tarqaladigan axborot. 
Reklama matni - gazeta yoki jurnalda beriladigan e'lonlar, pochta 
jo’natmalari, televizion va radiooraliqlarning so’z qismi. 
Remarketing - talabning pasayishi sharoitida uni jonlantirish jarayonlari. 
Reyting - baho, biron tabaqa, sinf, tipga bo’lish, ommaviylik va mashhurlik 
darajasi. 
Rivojlantiruvchi marketing - yangi tovarlarni yaratib ularni iste'molchilarga 
taklif qilgan tarzda bo’lajak talabni real talabga aylantirish. 
Savdo agenti - bir yoki bir qancha korxonalar tovarlarni shartnoma asosida 
sotadigan vakil. 
Savdo ustamasi - savdo korxonalari (vositachilar) o’z xarajatlarini qoplab, 
foyda topish uchun tovarni sotib olgan narxi ustiga qo’yiladigan qo’shimcha. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin