Tajriba (eksperiment) o’tkazish - bu shunday tadqiqot o’tkazish uslubiki,
nazorat qilinadigan vaziyatda bir yoki bir necha omillar o’zgarishi bilan qolganlari
o’zgartirilmas holatini saqlab qoladilar.
Taklif - bozorga chiqarilgan mavjud yoki keltirilishi mumkin bo’lgan jami
tovar miqdori va tarkibi.
Taklif strukturasi - tovar turlarining umumiy hajmiga nisbatan hissasi.
Taklif hajmi - mavjud tovarlarning umumiy yoki turlari bo’yicha miqdori.
Taqchillik (tanglik) - xalq iste'mol tovarlari va xizmatlarning aholi talabini
qondirish uchun etishmasligi.
Talab - iqtisodiyotning aniq rivojlanishi sharoitida aholi tomonidan tovar
olishga mo’ljallangan pul mablag’larining ma'lum miqdori.
Talab va taklif qonuni - bozorning asosiy ob'ektiv qonuni bo’lib, bozorda
talab bilan taklifning har tomonlama o’zaro mos bo’lishini taqozo etadi.
Talab ko’rsatkichlari - talabni miqdor va sifat jihatidan ifoda etadigan
belgalar, vositalar.
Talabni baholash - umuman yoki aniq tovar bo’yicha talab hajmi, darajasi,
o’zgarishini uning ko’rsatkichlari yordamida aks ettirish, taqqoslash va xulosa qilish
jarayoni.
Talabning darajasi - talab hajmining biror ko’rsatkich, belgi, mo’ljalga
nisbatan qiyosiy ifodasi.
Talabning tarkibi - umumiy talabni tashkil etuvchi elementlar ro’yxati.
Talabning strukturasi - umumiy talabni tashkil etuvchi elementlar va
ularning hissalari.
Talabning rivojlanish qonuniyatlari - talabning zaruriy ob'ektiv
o’zgarishlarini aks ettiruvchi jarayonlar.
Talabni prognoz qilish - talabning kelgusida bo’lajak holati va o’zgarishlarini
ilmiy asosda oldindan aniqlash jarayoni.
Talabning hajmi - ma'lum tovarga bo’lgan talabning natural birlik yoki
so’mda ifodalangan umumiy miqdori.
Talabni tahlil qilish - umumiy talabni tarkibiy qismlarga, elementlarga bo’lib,
ulardan qiziqtirganlarini ajratib olib o’rganish jarayoni.