188
Tijorat siri - korxona, ishlab chiqarish va savdo-sotiqning bevosita
ishtirokchilarigagina ma'lum bo’lgan va boshqalarga e'lon qilinmaydigan
ma'lumotlar.
Tirikchilik minimumi - mehnatkashlar va ularning oilasi tirikchiligini eng
past darajada ta'minlash uchun zarur bo’lgan hayot vositalari (iste'mol mollari va
xizmatlar) qiymatining pul shaklidagi ifodasi.
Tovar - ehtiyojni qondira oladigan hamda sotib olish va iste'mol qilish uchun
bozorda taklif etiladigan narsa; bozor uchun, sotish uchun ishlab chiqarilgan
mahsulot.
Tovar assortimenti - aniq bir belgi ( bir ehtiyojni qondirish, bir guruh
iste'molchilarga mo’ljallanganligi, bir tipdagi do’konda sotilishi, foydalanishdagi
o’xshashligi, bir narx diapazoniga ega bo’lishi va hokazolar) asosida to’plangan tovar
guruhi.
Dostları ilə paylaş: