Ekspert baholash - yuqori malakali mutaxassislar (ekspertlar) tomonidan
marketing omillarini yoki tadbirlarini bevosita baholash.
Eksport marketingi - tashqi bozorga mo’ljallangan marketing.
Ehtiyoj - muhtojlikning kishi shaxsiy va madaniy darajasiga xos ko’rinishi,
ularga mos tarzda ro’yobga chiqish shakli.
Yumshoq narx - xaridorning savdolashish qobiliyatiga bog’liq tarzda uzilkesil
aniqlanadigan narx.
Yangi tovar - biror bozorda birinchi marta taklif qilinadigan tovar.
Yarmarka - belgilangan muddatlarga bir joyda muntazam to’planadigan
bozor; yarmarka ishtirokchilariga o’zlari ishlab chiqargan mahsulotlar namunalarini
ko’rsatishga imkoniyat yaratish, savdo bitimlari tuzish maqsadlarida yangi yutuqlar
va texnik kamolotni namoyish qilish.
Yaxlitlanmagan narx - yaxlit raqamlardan sal pasaytirib qo’yiladigan narx.
Yashirin talab - qandaydir konkret ehtiyoj bor va talabga aylanishi mumkin,
lekin uni mavjud tovarlar bilan qondirib bo’lmaydi.
O’zgaruvchan narx - bozordagi vaziyatga qarab o’zgartirib boriladigan narx.
O’sayotgan talab - talab darajasining dambadam o’sib va pasayib turish
holati.
O’xshash tovarlar - bir ehtiyojni qondirishga mo’ljallangan, lekin bir-biridan
qandaydir hislatlari bilan farq qiladigan tovarlar.
Qaror - bu bajarilishi mumkin bo’lgan ishning aniq yo’lini tanlab olishdir.
Qaror qabul qilish - mavjud holatning bo’lishi lozim bo’lgan holat bilan mos
tushmasligi natijasida yuzaga keladi.
Qarshi harakatlanuvchi marketing - ilmiy-texnika progressi va atrof-
muhitni muhofaza qilishga javob bermaydigan tovar va ishlab chiqarish vositalariga
aks holda marketing chora-tadbirlarini tashkillashtirish.
192
Qisqa muddatga xizmat qiladigan tovarlar - bir zumda yoki juda qisqa vaqt
ichida iste'mol qilinadigan tovarlar.