180
Ikkilamchi axborot - firmaning qo’l ostidagi o’rganilishi lozim bo’lgan
ma'lumotlar (ichki hisobotlar, statistik ma'lumotnomalari,
bosma nashrlar, telegraf
agentliklari axborotnomalari va hokazo).
Imij - firma, tovar, xizmatlar qiyofasi, ovozasi, siymosi;
firmaning bozordagi
va iste'molchilar o’rtasidagi obro’si, xaridorning firmaga xayrixohligi.
Imitatsiya - bozor hodisa va jarayoniny nusxasida tiklab o’rganish usuli.
Imtiyozli narx - ayrim iste'molchilar yoki ayrim paytda qo’llaniladigan
odatdagidan pastroq narx.
Investitsiya - birorta korxona, tarmoqqa uzoq muddatga pul sarf qilish.
Investitsiyachi - investitsiyani amalga oshiruvchi mablag’ egasi.
Insof - bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg’usi, ishda, kishilarga
munosabatda halollik to’g’rilik, barobarlik, sofdillik va haqiqatgo’ylikdir.
axborot almashuvidir.
Institutsion reklama - firmaning obro’sini yaxshilashga qaratilgan tadbir.
Intizomiy javobgarlik - bu xizmat burchlarini buzish, su'istemol qilish
natijasida kelib chiqadi.
Inflyatsiya - qog’oz
pullarning qadrsizlanishi, talabga nisbatan pul birliklarini
ortiqcha chiqarib yuborish yoki muomaladagi pul miqdori o’zgarmagan holda
tovarlarni ishlab chiqarish qisqarishi natijasi.
Iste'mol darajasi - ma'lum paytda haqiqiy iste'molning istalgan, mo’ljallangan
yoki ratsional iste'molga nisbatan erishgan darajasi.
Dostları ilə paylaş: