Microsoft Word menejment va marketing asoslari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Bozor bo’shlig’i - qandaydir talablari (ehtiyojlari) qondirilmay qolgan 
iste'molchilar guruhi. 


178
Bozor diversifikatsiyasi - mavjud bozorni kengaytirish, yanga bozorlarga 
chiqishga mo’ljallangan marketing strategiyasi. 
Bozor etakchisi narxi - aniq tovar sotishda hissasi katta bo’lgan korxona 
tovariga belgilanadigan narx bo’lib, boshqalarning narxlaridan pastroq yoki 
yuqoriroq bo’lishi mumkin. 
Bozor infrastrukturasi - bozor munosabatlari va jarayonlarini amalga 
oshirishga, ularning ishtirokchilariga turli xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlar, 
korxonalar, shaxslar to’plami. 
Bozor kon'yunkturasi - bozorning talab va taklif mutanosibligidan kelib 
chiqadigan ma'lum paytdagi (davrdagi) harakatchan holati. 
Bozor mexanizmi - bozor ob'ektiv qonunlarining o’zaro ta'sir va bog’liqlikda 
amal qilish shakli. 
Bozor muvozanati - bozorda talab bilan taklifning o’zaro to’la mutanosib 
bo’lgan vaziyat. 
Bozor munosabatlari - tovar ayirboshlash bo’yicha ishlab chiqaruvchilar va 
iste'molchilar, sotuvchilar va xaridorlar o’rtasida sodir bo’ladigan muloqotlar, 
muzokaralar, kelishuvlar majmui. 
Bozor narxi - bozorda aniq tovarlar bo’yicha talab va taklifning to’la 
mutanosib bo’lishi hamda raqobat ta'siri natijasida shakllanadigan narx. 
Bozor potentsiali - iste'molchilar xarid qobiliyati bilan belgilaydigan tovar 
sotish imkoniyatlari. 
Bozor sig’imi - ma'lum bozorda va paytda aniq tovarni sotish mumkin bo’lgan 
eng katta miqdori; u shu tovarga bo’lgan talab bilan belgilanadi. 
Bozor strukturasi - bozorning alohida bo’g’inlari, bo’laklari, qismlari, 
qatlamlari, kataklari to’plamidan iborat o’zaro bog’liq ichki tuzilishi. 
Bozor ulushi - korxonaning bir xil yoki o’xshash tovarlar sotishdagi hissasi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin