Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Reklama kompaniyasi parametrlarini tanlash



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

 
Reklama kompaniyasi parametrlarini tanlash 
 
Reklamaning samaradorligini baholash 
38-chizma. Reklamani joriy etish bosqichlari 
Bu 38-chizma ma'lumotlaridan ko’rinib turibdiki, reklama ishlari reklama 
kimga qaratilganligini, ya'ni maqsadli auditoriyani aniqlash va tahlil qilish bilan 
boshlanadi. So’ngra reklamaning maqsadi aniqlanadi. har bir reklama turi uchun 
uning o’ziga xos maqsadlari belgilanadi. Masalan, yangi tovar reklama qilinayotgan 
bo’lsa, unda reklamaning maqsadi yangi tovar to’g’risida birlamchi ma'lumotni 
berishga qaratilishi, keyingi bosqichi esa yangi tovarning jozibador xususiyatlari 
bo’yicha qo’shimcha axborotlar berishdan iborat bo’lmog’i kerak va hokazo. 
Reklamani tashkil etishdagi asosiy jarayonlardan biri reklama byudjetini ishlab 
chiqish hisoblanadi. Reklama byudjetini ishlab chiqish reklama kompaniyasining 
maqsadlari, korxonaning moliyaviy imkoniyatlari, raqobatchilarning reklama 
xarajatlari, tarmoqdagi umumiy xarajatlar va hokazolarni hisobga olishga asoslangan 
turli xil yondashuvlarni qo’llash bilan amalga oshiriladi. Reklama byudjetini hisoblab 
chiqishning bir necha xil usullari mavjud. Bular asosan quyidagilar hisoblanadi: 
"mavjud mablag’lardan bir qism ajratish", "sotilgan tovarlar summasidan foizlar 


174
ajratish", raqobatli paritet, maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda hisob-kitob 
qilish usuli. 
Shuni qayd etish lozimki, reklama xarajatlari qaysi usul bilan hisoblab 
chiqilganligiga qaramasdan, bu xarajatlar iste'molchi tomonidan tovarga to’layotgan 
narxda o’z aksini topadi. 
Har bir tashkilot bir vaqtning o’zida har xil tashqi muhit sharoitida faoliyat 
ko’rsatadi. Shu sababli reklama xarajatlarini hisob-kitob qilganda korxona faoliyat 
ko’rsatayotgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa sharoitlar hisobga olinishi kerak. 
Reklama ishlarini tashkil etishdagi keyingi qadam-bu reklama tarqatish 
vositalarini tanlashdan iboratdir. Tabiiyki, reklama tarqatish vositalarini tanlagandan 
so’nggina, reklama xabarlarining mazmunini va turlarini aniqlashga harakat qilinadi. 
So’ngra reklamani ishlab chiqish jarayonida reklama murojaatining g’oyasi 
ishlab chiqiladi. Yaxshi tanlangan g’oya reklama murojaatiga qo’shimcha mazmun 
beradi. Bu esa reklamani tezda eslab qolish va unga qiziqish imkoniyatini tug’diradi. 
Bundan keyin esa reklama murojaati ishlab chiqiladi, ya'ni reklama matni 
tayyorlanadi. Reklama xabarlari, avvalombor, iste'molchining diqqatini tortishi va 
qiziqtira oladigan bo’lishi kerak. Agar reklamaning mazmuni iste'molchining 
qarashlariga, hayotiy tajribasiga, to’lov imkoniyatlariga mos kelsagina reklamaga 
qiziqish va ishonish kuchayadi. 
Reklama ishlarini tashkil etishning keyingi bosqichi reklama kompaniyasi 
parametrlarini tanlashdan iboratdir. Bu erda reklama maqsadli bozorda qancha sonli 
potentsial xaridorlarning e'tiboriga havola etilishi va reklama ma'lumotlari sutkada 
necha marta efirga uzatilishi kabi masalalar aniqlanadi. 
Reklamani rejalashtirishning so’nggi bosqichi reklamaning samaradorligini 
baholashdan iboratdir. 
Reklama bir qancha belgilari bo’yicha guruhlanadi. 
Reklama qanday xududni qamrab olganligiga ya'ni, geografik belgisiga qarab 
xorijiy, umummilliy, regional va mahalliy reklamalarga bo’linadi. 
Qo’llanilayotgan texnik vositalariga qarab reklama quyidagi turlarga ajratiladi: 
vitrina - ko’rgazmali, matbuotdagi reklama, bosma reklama, audiovizual, radio va 
telereklama. 
Maqsadiga qarab reklama xaridorlarnning butun to’plamiga va aholining 
muayyan guruhlariga qaratilgan bo’lishi ham mumkin. Agar reklama foyda olishga 
qaratilgan bo’lsa, bunday reklama tijorat reklamasi deb, agar foda olishga 
qaratilmagan, balki jamoatchilikka qaratilgan bo’lsa, tijorat bo’lmagan reklama deb 
yuritiladi. 
Reklamalar maqsadli auditoriyaga qanday ta'sir ko’rsatishiga qarab shartli 
ravishda axborat beruvchi, qo’zg’atuvchi va eslatuvchi reklamalar deb ham 
guruhlarga ajratilishi mumkin. 
Ma'lumki, bugungi kunda har qanday korxonaning rivoj topishini 
kompyuterlashtirishsiz tasavvur qilish qiyin. Shu sababli bugungi kunda 
kompyuterlashtirilgan reklama ham reklama vositalari sifatida qo’llanilmoqda deyish 
mumkin. Xorijiy ekspertlarning fikriga ko’ra, yaqin kelajakda kompьyuterlashtirilgan 
reklamaning boshqa reklamalardan o’zib ketishi kuzatiladi. Bu reklamaning asl 
mohiyati shundan iboratki, reklama beruvchi korxona muayyan to’lov evaziga 
kompyuterlashtirilgan reklama axborotining manbalariga, ya'ni ixtisoslashtirilgan 


175
kompyuter tizimlarining ma'lumotlar bazasiga o’z korxonalari va tovarlari 
to’g’risidagi ma'lumotlarni kiritadilar. 
Xulosa qilib aytganda, respublikamizda bozor munosabatlarining shakllanishi 
va rivojlanishi sharoitida reklama sohasidagi tajribalarni sinchkovlik bilan o’rganib, 
ijodiy yondashib, ulardan oqilona foydalanish har bir korxonaning barqarorligini 
ta'minlashda muhim vosita hisoblanadi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin