170
Umuman olganda, korxona o’z imkoniyatlaridan va maqsadlaridan kelib chiqib
yuqorida keltirilgan narx strategiyalaridan foydalanadi.
Qisqa xulosalar
Narx marketing kompleksining asosiy elementlaridan biri hisoblanib,
korxonaning marketing siyosatini ishlab chiqishda keng qo’llaniladi.
Marketingda narxning asosiy rol o’ynashining sabablaridan yana biri shundan
iboratki, u korxonaning iqtisodiy ko’rsatkichlariga to’g’ridan to’g’ri ta'sir ko’rsatadi.
Narx marketing kompleksi elementlaridan biri hisoblanib, uning shakllanishi
marketing kompleksining boshqa elementlari bilan chambarchas bog’liqdir. Narx
strategiyasi deganda narxlashtirish sohasidagi qarorlar va tadbirlarning kompleksi
tushuniladi.
Nazorat savollari
1. Narxni shakllantirishdan maqsad nima?
2. Narxning shakllanishiga talab va taklifning ta'sirini chizma orqali
ko’rsating.
3. Marketingda narxning shakllanishiga qanday yondashuvlar mavjud?
4. Narx raqobati va narxsiz raqobatni qanday tushunasiz?
5. Narx shakllanishiga qanday omillar ta'sir ko’rsatadi?
6. Narx qayishqoqligini qanday tushunasiz va narxga qanday ta'sir ko’rsatadi?
7. Narxning turlarini aytib bering.
8. "Ulgurji narx" va "chakana narx" tushunchalarini izohlang.
9. Narx belgilash uslublarini tushuntirib bering.
10. Narx strategiyasini tushuntirib bering.
11. "Narx psixologiyasi" tushunchasini izohlang.
Dostları ilə paylaş: