Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Reklama va reklama vositalari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

18.2. Reklama va reklama vositalari 
Yuqorida keltirib o’tganimizdek, reklama tovarlarni siljitishning muhim 
elementlaridan biri hisoblanadi. "Reklama" so’zi lotin tilidan olingan bo’lib 
("reklamare" - qichqirmoq), kimdir yoki nimadir haqida ma'lumotni tarqatish, biror 
narsaga iste'molchi va xaridorlarning fikrini jalb qilish maqsadida amalga 


172
oshiriladigan tadbirlarni anglatadi. Ma'lumki, firmalarning bozorda muvaffaqiyat 
bilan faoliyat ko’rsatishi uchun faqatgina sifatli tovarlarni ishlab
chiqarish etarli emas. 
Pablik rileyshnz 
Brifinglar, press-konferentsiyalar tashkil qilish 
Prezentatsiyalar o’tkazish 
Xar xil yubileylarni o’tkazish 
Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish 
Ayrim shaxs va tashkilotlarning foydasini ko’zlab mehr va muruvvat tadbirlarini 
o’tkazish
 
Firmalarning reklamaga aloqasi bo’lmagan jurnal va byulletenlarini chop etish 
Ko’ngilochar tadbirlar uyushtirish 
Vaqtli matbuotda korxonalarning tijorat faoliyatini yoritish 
Raqobatchi korxonalar bilan tanishish 
37-chizma. Jamoatchilik bilan bo’ladigan aloqalarning asosiy yo’nalishlari 
Balki, bu borada iste'molchilarni shu tovarlarning iste'mol xossalari haqida har 
tomonlama xabardor qilib, o’z tovarlarining iste'molchilar ongida aniq mavqeni 
egallashiga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun, birinchi navbatda, 
korxonalar reklama vositalaridan unumli foydalana bilishlari lozim. 
O’zbekiston Respublikasining 1998 yil dekabr oyida qabul qilingan "Reklama 
to’g’risida"gi qonunida qayd etilishicha "Reklama - haqiqiy va jismoniy shaxslar yoki 
mahsulot haqidagi bevosita yoki bilvosita foyda olish maqsadida tarqatiladigan 
maxsus axborotdir". Bu qonunda ko’rsatilganidek, reklama aniq, haqiqiy va 
qonunlarga zid bo’lmasligi kerak. Shuningdek, foydalanilayotgan reklama shakl va 
vositalari iste'molchilarga ma'naviy va moddiy zarar keltirmasligi talab etiladi. 
Demak, "Reklama to’g’risida"gi qonun reklamani ishlab chiqish va tarqatish 
bilan bog’liq bo’lgan munosabatlarning huquqiy asosini yaratib berdi. Uning asosiy 
maqsadi tovarlarning sifati, iste'mol xususiyatlari va boshqa tavsiflari haqida noaniq, 
haqiqiy bo’lmagan ma'lumotlarni tarqatishning oldini olish asosida huquqiy va 
jismoniy shaxslarning, shuningdek iste'molchilarning haq-huquqlarini himoya 
qilishdan iboratdir. 
Halqaro savdo palatasi tomonidan 1987 yilda qabul qilingan halqaro reklama 
Kodeksida ham har qanday reklama murojaati odob-axloq normalariga mos, 
haqqoniy va ishonchli bo’lishi ko’rsatib o’tilgan. 
Ko’pincha reklama tovarni sotadi degan uncha to’g’ri bo’lmagan xulosaga 
kelinadi. Chunki, reklama tovarni sotmaydi, balki potentsial xaridorlarni topib, 
talabni rag’batlantiradi. Masalan, xaridor magazinga kirib axtargan tovarni topdi, 
lekin tovarning sifati, assortimenti yoki bahosi uni qoniqtirmaganligi sababli tovarni 
sotib olmasdan magazindan chiqib ketdi. Bu erda xaridorga reklama ta'sir 
ko’rsatadimi? - degan savol tug’iladi. Bu savolga ha, - deb ijobiy javob berish 
mumkin. Reklama uchun eng asosiy vazifa - bu potentsial xaridorni tovar 
sotilayotgan joyga keltirishdan iboratdir. Xaridorning magazinga kelib, tovar sotib 
olmasdan chiqib ketmasligi uchun reklama tovar siljitishning boshqa uslublari bilan 


173
birga qo’llanilishi maqsadga muvofiqdir. Eng asosiysi esa tovar sifati va estetik 
xususiyatlari bo’yicha xaridor didiga mos bo’lishi kerak. Shu sababli reklamaning 
samaradorligini sotilgan tovarlar hajmi bilan emas, balki potentsial xaridorlarning 
necha marta tashrifi va necha marta telefon orqali murojaat qilganligi kabi 
ko’rsatkichlar asosida baholash to’g’ri hisoblanadi. 
Reklamaning vazifasi - xabar berish, ishontirish va eslatishdan iboratdir. 
Shuning o’zi reklamaning tovar sotilishiga ta'sir ko’rsatishidan dalolatdir. Reklamani 
ishlab chiqish va tashkil etish korxona butun faoliyatining bir qismi hisoblanadi. Shu 
sababli reklama ishlarini tashkil etish ma'lum tartib va qoidaga bo’ysunadi. 
Quyidagi 38-chizmada reklamani ishlab chiqish tartibi keltirildi. 
Maqsadli auditoriyani aniqlash va tahlil qilish 
Reklamaning maqsadini aniqlash 
Reklama byudjetini ishlab chiqish 
Reklama tarqatish vositalarini tanlash 
Reklama murojaatining g’oyasini aniqlash 
Reklama matnini tayyorlash 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin