Zararsizlik va maqsadli foydani ta'minlashning tahlili asosida narx belgilash usuli. Ma'lumki, har bir korxona ma'lum bir foydani ko’zlab narx
qo’yishga intiladi. Narxlashtirishning bu usuli zararsizlik grafigiga asoslanadi.
Zarasizlikning gipotetik grafigi 36-chizmada ko’rsatilgan.
Bu grafikda yalpi daromad, foyda va jami xarajatlarning sotiladigan mahsulot
hajmiga bog’liqligi ko’rsatilgan. Keltirilgan 36-chizma ma'lumoti shundan dalolat
beradiki, doimiy xarajatlar 300000 so’mga teng bo’lib, sotiladigan mahsulot hajmiga
bog’liq emas. O’zgaruvchan xarajatlar doimiy xarajatlarga qo’shilib jami xarajatlarni
tashkil qiladi va uning miqdori sotiladigan mahsulot hajmiga qarab o’zgarib turadi.
Yalpi daromad egri chizig’ining tikkaligi tovar narxiga bog’liq bo’ladi. Bizning
misolimizda tovar birligining narxi 20 so’mga teng.
Yalpi daromad 1000 800 600 Jami xarajatlar 400 Doimiy xarajatlar 200 0 10 20 30 40 50 36-chizma. Zararsizlik va maqsadli foyda tahlili usuli bo’yicha narxni aniqlash
Bunday narxda zararsizlikni ta'minlash uchun korxona eng kamida 30000
tovar birligini sotishi kerak. Shuncha miqdordagi tovar birligining har birini 20
so’mdan sotib, korxona 600000 so’m tushumga ega bo’ladi. Ana shu ko’rsatkich
zararsizlik nuqtasiga mos keladi. Maqsad qilib qo’yilgan foydaga erishish uchun
korxona sotish hajmini oshirishi zarur. Bizning misolimiz bo’yicha korxona 200 ming
so’m foyda olishi uchun eng kamida 50 ming tovar birligini sotishga erishishi kerak
bo’ladi.