Microsoft Word menejment va marketing asoslari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Narxsiz raqobatda esa narxning roli kamaytirilmaydi, balki birinchi o’rinda 
tovarning xususiyati, markasining obro’-e'tiboriga, servis darajasi va tovar bilan 
bog’liq boshqa omillarga e'tibor qaratiladi. 
Narxning katta-kichikligiga ichki va tashqi omillar ta'sir ko’rsatadi. 
Ichki omillarga korxonaning maqsadi, marketingi, marketing kompleksining 
ayrim elementlariga nisbatan qo’llaniladigan strategiya, xarajatlar va boshqalar 
kiradi. 
Korxona asosiy maqsadini o’zining rivojlanishida deb bilsa bir narx, mavjud 
faoliyatini uzoq muddat saqlab qolishga qaratsa boshqa narx belgilashi mumkin. 
Masalan, raqobat kuchaysa, iste'molchilarning ehtiyoji o’zgarsa, mamlakatdagi 
iqtisodiy ahvol yomonlashsa korxona ishlab chiqarish quvvatining ma'lum bir 
qismidangina foydalanishga harakat qiladi. Korxona o’zining faoliyatining to’xtab 
qolmasligi, tovarlariga bo’lgan talabni oshirish maqsadida ularni past narxlarda ham 
sotishga majbur bo’ladi. Aks holda, u o’z tovarlariga yuqori narx belgilaydi. 
Marketing faoliyati nuqtai nazaridan narxning shakllanishiga quyidagicha 
yondashuvlarni ko’rib chiqish mumkin: 
- foydani uzoq muddat davomida maksimal darajaga ko’tarish; 
- foydani qisqa muddat davomida maksimal darajaga ko’tarish; 
- tarmoqda narx lideri statusini saqlab qolish; 
- yangi raqobatchilar paydo bo’lishiga to’sqinlik qilish;
- savdo vositachilari tomonidan befarqlikni saqlab qolish; 
- korxonaning obro’sini saqlab qolish; 
- "kuchsiz mahsulotlar"ni sotishni yaxshilash; 
- "narx urushi"ning oldini olish. 
Narx marketing kompleksi elementlaridan biri hisoblanib, uning shakllanishi 
marketing kompleksining boshqa elementlari bilan chambarchas bog’liqdir. Masalan, 
narxning sifatga, tovar harakatini tashkil etishga, tovarning hayotiy davriga 
bog’liqligi shular jumlasidandir. 
Narx ishlab chiqarish, tovar harakatini tashkil etish va sotish xarajatlari va 
boshqa xarajatlarni qoplab, foyda keltirishi kerak. Ma'lumki, umumiy xarajatlarda 
eng muhim o’rinni ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxi egallaydi. Shu 
sababli, mahsulot tannarxini pasaytirish muhim vazifa hisoblanadi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin