Microsoft Word menejment va marketing asoslari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Tovarni ishlab chiqarish. Bu bosqichda tovar g’oyasi fizik shaklda mujassam 
qilinadi va mahsulotni loyihalash, o’rash, markani ishlab chiqish, mahsulot va 
vaziyatni aniqlash, iste'molchining munosabatini va foydalanishini tekshirish yo’li 
bilan marketing strategiyasi belgilanadi. Tayyor mahsulotni odatda test orqali 
sinaydilar. Test natijalariga qarab tovardagi ba'zi kamchiliklar va nuqsonlar tuzatiladi. 
Umuman, olganda yangi tovar iste'molchilar talabiga to’liq javob berishi kerak. 
Tovarni bozorga chiqarish. Yangi tovar yaratishning oxirgi bosqichi uni 
bozorda sinab ko’rishdan iboratdir. Bozorda sinab ko’rishdan asosiy maqsad 
mahsulotni va bu mahsulotning marketing dasturini (narx, reklama, marka, o’rab-
joylash, servis xizmati va boshqalar) baholashdan iboratdir. Bu erda iste'molchilar va 
vositachilarning tovarga bo’lgan munosabati muhim ahamiyat kasb etadi. Natijalar 
esa sotiladigan mahsulot va olinadigan foyda hajmini belgilashga asos bo’lib xizmat 
qiladi. Xalq iste'mol tovarlarining marketing sinovida bozorni standart testlash, 
bozorni nazorat testlash va bozorni imitatsion testlash uslublaridan foydalaniladi. 
Ba'zi firmalar sinab sotishni faqatgina iste'molchilar e'tirofiga ega bo’lish, boshqalari 
esa mahsulotda va marketing rejasida amalga oshirish kerak bo’lgan o’zgarishlarni 
aniqlash uchun, uchinchilari esa mahsulot taqdirini hal qilish uchun qo’llaydilar. 
Tijorat uchun ishlab chiqarish. Bu oxirgi bosqichda mahsulot tanlangan 
bozorga katta hajmda chiqariladi va sotiladi. Yangi mahsulot ishlab chiqarishning bu 
bosqichida ishlab chiqaruvchi bozorga chiqish vaqtini, tartibini va har bir bozordagi 
faoliyat hajmini, tovar tarqatish va siljitishning eng samarali usullarini to’g’ri tanlay 
bilishi va marketing faoliyatining batafsil bitilgan rejasini ishlab chiqishi kerak. 
Amaliyot shuni ko’rsatadiki, har qanday g’oya ham real tijorat mahsulotga 
aylana bermaydi. Ko’pchilik hollarda 10-15 ta g’oyalardan bittasi real mahsulotga 
aylanar ekan. 
Yangi mahsulotning bozordagi taqdiri iste'molchining bu mahsulotni qabul 
qilishga tayyor va tayyor emasligiga ham bog’liqdir. 
Yangi mahsulotni qabul qilish - mushohada qilish jarayoni bo’lib, bu jarayon 
yangi mahsulot to’g’risida birinchi axborotga ega bo’lishdan boshlab, to 
mahsulotning doimiy iste'molchisiga aylangungacha bo’lgan jarayonni o’z ichiga 
oladi. 
Iste'molchilar yangi mahsulotni sinab ko’rishga tayyorlik darajasiga qarab ham 
bir-biridan keskin farq qiladi. Ba'zilari yangi mahsulotni tezda qabul qilishsa, ba'zilari 
esa sekinlik bilan qabul qiladi. 
Iste'molchilar yangilikni qanday qabul qilishga tayyor ekanligi darajasiga qarab 
ularni supernovator, novator, oddiy iste'molchilar, konservator, superkonservator deb 
guruhlarga ajratiladi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin