Microsoft Word menejment va marketing asoslari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Supernovatorlar - bu iste'molchilarning shunday guruhiki, ular no'malum 
mahsulotni sinab ko’rishga har doim tayyor turadilar. Novatorlar esa 
iste'molchilarning shunday guruhiki, ular yangi mahsulotni sotib olgandan keyin 
uning taqdirini chuqur o’ylab, tovarni birinchilar qatorida sotib oladilar. Oddiy 


160
iste'molchilar - bular novatorlar guruhiga kiruvchi iste'molchilardan keyingi o’rinda 
turib, yangi tovarlarni oddiy tovarlar kabi qabul qiladilar. 
Konservatorlar - skeptiklar, boshqa iste'molchi guruhlari singari, yangi 
mahsulotlarni ulardan foydalanish tajribasiga ega bo’lganlari uchungina sotib 
oladilar. 
Superkonservatorlar - bu iste'molchilarning shunday guruhiki, ular har 
qanday o’zgarishlarga shubha bilan qaraydilar, ular yangi tovarlarni faqatgina 
o’zlarining an'analariga va odatlariga mos kelgandagina sotib oladilar. 
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan ko’rinib turibdiki, yangi tovarlarni ishlab 
chiqaruvchilar birinchi navbatda supernovator va novatorlarning iqtisodiy, 
psixologik, demografik va boshqa tavsiflarini o’rganishlari kerak. 
 
Qisqa xulosalar 
Tovarni yaratish, ishlab chiqarish, takomillashtirish, sotish, sotilgandan keyingi 
xizmat ko’rsatish, reklama tadbirlarini ishlab chiqish, shubhasiz, tovar ishlab 
chiqaruvchining butun faoliyatida markaziy o’rinni egallaydi. Mana shu kompleks 
tadbirlar tovar siyosati deb ataladi. 
Tovarning hayotiy davri - tovarning bozorda paydo bo’lgan davridan boshlab, 
to uning sotilmay qolishigacha bo’lgan vaqt oralig’idir.
Marketing xizmati tovarning hayotiy davrini uzaytirish, sotish hamda 
foydaning kamayishiga yo’l qo’ymaslik uchun tovar, bozor va marketing 
kompleksini modifikatsiyalash usullarini izlashi kerak bo’ladi. 
Korxona tovarning har xil hayotiy davri bosqichida ma'lum bir maqsadni 
ko’zlagan holda marketing taktikasining u yoki bu shaklidan foydalanadi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin