168
Tovarning foydaliligi asosida narxlashtirish usulidan foydalanadigan korxona
iste'molchilar ongida shu korxonaning tovariga raqobat qilayotgan tovarlar haqida
ham qanday tasavvur mavjudligini bilishlari talab etiladi. Bu erda iste'molchilarning
bitta tovar uchun har xil sharoitlarda qancha pul to’lashga tayyor ekanliklarini bilish
ham muhim hisoblanadi.
Agar sotuvchi tovarga narxni uning foydaliligidan ko’proq belgilasa, sotish
hajmi belgilangandan kamroq bo’lishi mumkin. Ko’pgina kompaniyalar o’z
tovarlarining narxlarini juda yuqori belgilaydilar va natijada tovar bozorda yomon
sotiladi. Ba'zi kompaniyalar esa o’z tovarlariga haddan tashqari past narx
belgilaydilar. Bu holda tovarlar bozorda yaxshi sotilsada, korxonaga kam daromad
keltiradi. Iste'molchilarning narx darajasiga munosabatlarini bilish uchun maxsus
marketing tadqiqotlari o’tkaziladi. Masalan, iste'molchilar orasida so’rovlar o’tkazish
va bozorni testlashtirish shular jumlasiga kiradi.
Iste'molchining tovarni xarid qilishiga uzoq muddat davomida mavjud bo’lib
kelayotgan va xaridor odatlanib qolgan narxlar ham katta ta'sir ko’rsatadi. Bunday
holatda tovar narxining ozgina oshishi ham tovar xaridining keskin kamayib ketishiga
olib kelishi mumkin. Bunda iste'molchining odatlanib qolgan narxlarga nisbatan
fikrini tovarning sifatini, o’rab-joylanishini va dizaynini juda yaxshilash hisobiga
o’zgartirish lozim.
Iste'molchilar talabi asosida narx belgilashning variantlaridan biri kim-oshdi
savdosi o’tkazishdir. Agar tovar iste'molchi uchun juda ahamiyatli, katta qiymatga
ega bo’lsa, u holda kim-oshdi savdosining boshlang’ich narxini juda yuqori belgilash
mumkin bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: