Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Narx belgilashning raqobatchilar narxiga asoslangan usuli



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Narx belgilashning raqobatchilar narxiga asoslangan usuli. Korxonaning 
narx siyosatiga raqobatchilarning narxlari va bozorda narx o’zgarishiga 
raqobatchilarning munosabati katta ta'sir ko’rsatadi. Demak, raqobatchilar narxini 
o’rganish - narx shakllanishi sohasida muhim elementlardan biri hisoblanadi. 
Dastavval korxonaning narx siyosati bozor tipiga bog’liq ekanligini qayd etishi 
lozim. 
Agar bozor sof raqobatchilar bozori bo’lsa, unda sotuvchi bozordagidan yuqori 
narxni talab qilishi mumkin emas, chunki xaridorlar ushbu bozor narxi bo’yicha 
tovarning xohlagan miqdorini ochiq sotib olishlari mumkin. Demak, bu erda narxlar 
talab va taklif asosida belgilanadi. Bunda narxlar qat'iy va ularga alohida korxona 
tomonidan ta'sir ko’rsatish deyarlik mumkin emas. 
Bozor tiplaridan yana biri monopolistik raqobat bozori hisoblanadi. Bunday 
bozor ko’p sonli xaridorlar va sotuvchilardan iborat. Ular o’zlarining bitimlarini 
yagona narx bo’yicha emas, narxlarning keng diapazoni bo’yicha amalga oshiradilar. 
Bunday sharoitda korxona narxni o’zgartirishi uchun keng imkoniyatlarga ega. 
Narx belgilashning raqobatchilar narxiga asoslangan usuliga korxonaning 
bozorda mustahkam o’rin egallab turgan etakchi korxona belgilangan narxiga qarab 
narx belgilashini ham kiritish mumkin. Bunday holda korxona o’z tovariga bozor 
etakchisi belgilagan narxdan ko’ra pastroq narx belgilaydi. 
17.3. Narx strategiyalari 
Narx strategiyasi deganda narxlashtirish sohasidagi qarorlar va tadbirlarning 
kompleksi tushuniladi. Ma'lumki, bozor sharoitida ishlaydigan har bir korxona, 


169
dastavval, narxlarni aniqlashning strategiyasi va tamoyillarini ishlab chiqish talab 
etiladi. Ana shularga amal qilsagina korxona o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni 
muvaffaqiyatli hal etishi mumkin bo’ladi. quyidagi narx belgilash sohasida 
qo’llanilishi mumkin bo’lgan strategiyalarning ba'zi birlari bilan tanishamiz. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin