166
xususiyatlari
34-chizma. Narx belgilashdagi asosiy mulohazalar
Keltirilgan 35-chizma ma'lumotlarida ko’rsatilganidek, tovarning mumkin
bo’lgan minimal narxi mahsulot
tannarxi asosida aniqlansa, mumkin bo’lgan
maksimal narxi esa tovarning boshqa tovarlardan farq qiluvchi qandaydir tengi yo’q
xususiyatlari asosida aniqlanadi.
Korxona narx shakllanishi muammosini echar ekan, u yuqorida keltirilgan
mulohazalardan birini tanlab ish ko’radi. Bunda korxona tanlangan uslub tovarning
aniq narxini hisoblashda to’g’ri ekanligiga ishonib faoliyat yuritadi. Quyidagi 35-
chizmada narx belgilashning 3 xil usuli ko’rsatilgan.
35-chizma. Narx belgilash uslublari
Narx belgilashning xarajatlarni hisoblashga asoslangan usuli. Bu usul
eng oddiy hisoblanib, mahsulot tannarxiga shu mahsulotni
ishlab chiqaruvchidan
iste'molchigacha etkazib berishgacha bo’lgan jarayonda vujudga keladigan
xarajatlarni va korxonaning oladigan foydasini qo’shishga asoslanadi.
Har xil tovarlar uchun savdo ustamalari bir-biridan farq qiladi. Narxni
aniqlashga bunday yondashuvda bozor talabi va raqobatchilar narxi hisobga
olinmaydi.
Bundan tashqari, sotiladigan mahsulotning hajmini aniqlash qiyin
bo’lganligi sababli, ishlab chiqarish xarajatlarining hajmini aniqlashda ham
qiyinchilik tug’iladi. Shunga qaramasdan, bahoni aniqlashning
bu usuli tez-tez
qo’llaniladi, chunki bu usul oddiy va tushunarlidir. Narx belgilashning xarajatlarni
hisoblashga asoslangan uslublaridan yana biri zararsizlik va maqsadli foydani
ta'minlashning tahlili asosida olib boriladigan usul hisoblanadi.
Talabga
asoslangan
usul
Xarajatlarni
hisoblashga
asoslangan usul
Raqobatchilar
narxiga
asoslangan usul