Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Bozorda barqaror vaziyatni saqlash strategiyasi



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Bozorda barqaror vaziyatni saqlash strategiyasi. Bu strategiyani korxona 
faoliyatining rentabelligi va boshqa iqtisodiy ko’rsatkichlari barqaror bo’lgan 
hollardagina qo’llash mumkin bo’ladi. Ko’pchilik hollarda rentabellik (fondlarga 
nisbatan) 10-15 foizni tashkil etsa, bu korxona qoniqarli faoliyat ko’rsatayotgan 
korxona deb hisoblanadi. 
Foydani maksimallashtirish, rentabellik darajasini oshirish strategiyasi. 
Narx belgilashning bu strategiyasidan maqsad daromadlarni oshirish va korxonaning 
takror ishlab chiqarish, shuningdek, investitsion imkoniyatlarini ham kengaytirishdan 
iboratdir. 
Yetakchi orqasidan yurish strategiyasi. Narxlarning bozor darajasi bozorda 
harakat qilayotgan yirik korxonalarning soni va ularning narx strategiyasiga ham 
bog’liq bo’ladi. Bunday sharoitda kichik korxonalar narx jihatidan etakchi bo’lgan 
korxonalarning ta'sirida bo’ladi. Demak, bu erda korxona narxlashtirishning etakchi 
orqasidan yurish strategiyasini qo’llashi foydadan holi emas. Albatta, etakchi 
vaziyatni egallab turgan korxona maqsadga muvofiq narx belgilashga harakat qiladi. 
"Qaymog’ini olish" strategiyasi. Agar korxona marketing imkoniyatlaridan 
samarali foydalanib, yangi tovarining noyob, yagona xususiyatlarga ega ekanligini 
ajratib ko’rsata olsa, shuningdek, tovar sotishning va ishlatishning yaxshirok 
seriyasini ta'minlasa, unda bu korxona raqobatchilarga nisbatan narx belgilashda 
ma'lum erkinliklarga ega bo’ladi. Natijada, korxona o’z tovarlariga yuqori darajadagi 
narxni belgilaydi. Bu strategiya, ko’pchilik holda, korxona yangi tovar ishlab 
chiqarish va bu tovarni bozorga kiritish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarini iloji 
boricha tezroq qoplash zarur bo’lgan hollarda qo’llaniladi.
"Yorib o’tish" strategiyasi. Bu strategiya ko’pincha ishlab chiqarish 
texnologiyasi juda oddiy va ommabop iste'molga mo’ljallangan yangi mahsulotni 
bozorga kiritishda qo’llaniladi. Bunda tovar bozorga juda past narxda chiqariladi, 
bozorni egallashi bilan normal darajaga qaytadi. Ayniqsa, bu strategiyani korxona 
raqobatchilarga nisbatan katta hajmdagi mahsulotni bozorga kiritishi mumkin bo’lgan 
hollarda qo’llash maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin