155
30-chizma. Tovarning hayotiy davri mobaynida tovarning sotilishi va foydaning
tavsifi
Tadqiqotlar va tovarni ishlash bosqichi. Tovarning hayoti uning mahsulot
sifatida shakllanishidan ancha oldin - g’oyalar, ishlanmalar ko’rinishida boshlanadi.
Yuqorida keltirilgan chizmada bu bosqichga tartib raqami qo’yilmagan, chunki hali
tovarning o’zi mavjud emas. Bu bosqichda tadqiqotchilar
marketing yordamida
iste'molchining mazkur mahsulotga muhtojligini, potentsial iste'molchilar kimlar
bo’lishini va g’oyani amalga oshirishda qanday bozorni mo’ljallash
mumkinligini
atroflicha o’rganadilar. Korxona uchun tovarni yaratishning mazkur bosqichi - bu
faqat xarajat va kelajakda kutiladigan daromadlardir. Bu erda marketingning vazifasi
potentsial iste'molchilarga yangi g’oya asosida yaratilajak
tovar ular uchun qanday
foyda keltirishini tushuntirib berishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: