153
raqobatbardoshligini qo’shimcha ravishda oshirish, mustahkamlashning eng muhim
vositasi sifatida namoyon bo’ladi. Firmaning iste'molchilar orasidagi imijini ham
servis aniqroq belgilaydi.
Qator belgilariga qarab tovarlarni quyidagilarga bo’lish (tasniflash) mumkin:
bevosita insonlarning shaxsiy extiyojlarini qondirishga mo’ljallangan
tovarlar, ya'ni iste'mol tovarlari;
boshqa tovarlarni ishlab chiqarishni davom ettirish uchun ishlatiladigan
tovarlar yoki ishlab chiqarishga mo’ljallangan tovarlar (ishlab chiqarish vositalari).
Iste'mol tovarlari uchun marketingda tasniflashning ikki shakli mavjud.
Birinchisi iste'mol xususiyatiga asoslanadi. Bunda tovarlarning uch kategoriyasini
ko’rsatadilar:
1. Qisqa muddat, bir yoki bir necha marta ishlatiladigan tovarlar.
2. Uzoq muddat ishlatiladigan tovarlar. Ular ko’p marotaba ishlatiladi.
3. Xizmatlar - insonga foydali natija va qoniqish beradigan xatti-harakatlar.
Xizmatlar sotish ob'ekti bo’lib hisoblanadi (kiyim tikish, soatlarni tuzatish va
hokazo).
Iste'mol tovarlarini tasniflashning ikkinchi shakli iste'molchining xatti-
harakatlari, uning iste'mol jarayonidagi odatlariga asoslanadi. Unda ham tovarlarning
uch kategoriyasi ko’rsatiladi:
1.
Kundalik ehtiyoj tovarlari - bu ko’p o’ylamasdan, o’zaro taqqoslashga
harakat qilmasdan, tez-tez xarid qilinadigan tovarlar (gugurt, xo’jalik mayda-
chuydalari, yozuv qurollari).
2.
Jiddiy tanlov tovarlari - bu sotib olish vaqtida sifati, narxi, tashqi
ko’rinishi o’xshash tovarlar bilan solishtiriladigan tovarlar (kiyim, mebelь, elektr
tovarlari). Iste'molchi o’ziga kerakli tovarlarni topish uchun ma'lum kuch sarf qiladi.
3.
Obro’-e'tiborli tovarlar - haqiqatan ham faqat o’ziga xos xususiyatlarga
ega bo’lgan yoki mashhur ishlab chiqaruvchi firmaning nomi bilan bog’liq bo’lgan
tovarlar.
Dostları ilə paylaş: