149
Motivlar-bu asosan ehtiyojlardan kelib chiqadigan iste'molchilarning
munosabatlariga va ularning real sharoitlarda muayyan tarzda harakat qilishga doimiy
moyilligidan kelib chiqadigan o’zaro bog’liq sabablardir.
Iste'molchilarning xulq-atvori motivini tahlil qilishda motivatsion tahlil
usulidan foydalaniladi. Iste'molchilarning motivatsiyasini o’rganish ularning hatti-
harakatlarini tartiblashtiruvchi motivlarni tushunish va anglash, ularning amal qilish
mexanizmlarini aniqlash va marketing kommunikatsiyalari asosida mazkur hatti-
harakatlarga u yoki bu ta'sirni o’tkazishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Marketingda xaridorlarning xulq-atvorini tahlil qilishda ko’pincha Freyd va
Maslouning motivatsion nazariyasidan foydalaniladi.
Freydning psixoanalitik modeli asosida xaridorlarning tovarni sotib olish
bo’yicha qaror qabul qilishi jarayonlari o’rganiladi. Bu nazariya bo’yicha
iste'molchilarning muhim xarid motivlari to’la anglab etilmagan xarakterga ega
bo’lib, ular u yoki bu tovar haqida ma'lum bir fikrga kelishda o’zi tanlagan tovarining
nima uchun tanlanganligini aniq asoslay olmaydilar.
Freydning motivatsiya nazariyasi bo’yicha inson tug’ilgan kunidan boshlab
ko’pgina xohish-istaklar ta'sirida bo’lib, u bu xohish-istaklarni oxirigacha tushunib
etmaydi va ular nazorat ham qilinmaydi.
Dostları ilə paylaş: