147
xulq atvoriga katta ta'sir ko’rsatadi. Asoslash - shunday zaruriyatki, natijada inson
zaruriyatni qondirish yo’llarini va uslublarini izlaydi. Insonlar turli ehtiyoj va
xohishga ega. Agar xohish etarli darajada kuchli bo’lsa, inson ma'lum harakatni
amalga oshiradi, ya'ni xarid qiladi.
Inson o’z xohishini asoslagandan so’ngra, u harakatni amalga oshirishi
mumkin. Lekin, uning harakatining xarakteri mazkur holatni qanday qabul qilishiga
ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Masalan, ikki xil xaridor mavjud ob'ektiv holatni ikki
xil baholashi natijasida bir-biriga o’xshamagan ikki xil harakatni amalga oshirishi
mumkin.
O’zlashtirish - bu shaxsning ko’p vaqtlar davomida yig’ilgan tajribalari
asosida xulq-atvorida bo’ladigan o’zgarishlardir.
Iste'molchilarning xulq-atvoriga ishonganlik, ya'ni ma'lum darajada tovar
haqida tasavvurga ega bo’lish ham ta'sir ko’satadi. Ishonchlilik aniq bilimga, fikrga,
e'tiqodga asoslanadi. Shu sababli marketologlarning iste'molchilarning sotilayotgan
tovar haqida qanday tasavvurga ega ekanligini bilishlari ham foydadan xoli emas.
Ma'lumki, ishonmaslik ma'lum tovarni xarid qilishda to’sqinlikni vujudga keltiradi.
Insonlarning kiyim-kechakka, oziq-ovqat mahsulotlariga, musiqaga, siyosatga,
dinga va boshqa ko’pgina narsalarga ma'lum bir munosabati shakllanadi.
Munosabat - bu ma'lum bir predmet va g’oyalarga nisbatan turg’un holdagi
yaxshi va yomon baho, fikr, his-tuyg’ularning shakllanishi bo’lib, u xaridorlarning
xulq atvoriga kuchli ta'sir ko’rsatadi. Munosabatni o’zgartirish qiyin, lekin marketing
siyosatini shakllantirishda bu munosabatni ma'lum bir munosabatga maksimal
darajada moslashtirib hisobga olish talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: