144
4. Marketing va tovar sotish xizmati xodimlarining
energiyasi eng istiqbolli
iste'molchilarga qaratiladi.
5. Marketing faoliyati rejasini tuzganda har bir bozor segmentining o’ziga
xos-xususiyatlarini e'tiborga olish imkoniyati tug’iladi va boshqalar.
Umuman olganda, bozorni segmentlash talabni oydinlashtirish,
diferrentsiallash, pirovard natijada esa marketing strategiyasi va taktikasining eng
optimal variantini tanlash imkoniyatini beradi.
Odatda segmentlash jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Makrosegmentlash deb nomlanadigan birinchi bosqichda "tovar bozori" aniqlanadi.
Mikrosegmentlash deb nomlanadigan ikkinchi bosqichda
esa ilgari aniqlangan
bozor ichida iste'molchilar segmentlari aniqlanadi.
26-chizma. Bozorni segmetlash belgilari
Bozor segmentini aniqlashning uchta usuli mavjud. Birinchi -
tovarning
afzalligiga qarab segmentlash. Bunda iste'molchilar qanday tovarni
xohlayotganligiga qarab segmentni aniqlash tushuniladi. Ikkinchi usul -
iste'molchilarning xulq-atvorini hisobga olgan holda segmentlash. Uchinchi usul
-
iste'molchilar xarakteriga qarab segmentlash hisoblanadi.
Tovarning afzalligiga qarab segmentlash. Firmalar yangi tovarlarga bo’lgan
talabni o’rganish maqsadida tovarning afzalligi, muhimligiga qarab segmentlashdan
ham foydalanadi. Shu yo’sinda, talab qondirilmagan segmentlar
uchun yangi tovarlar
taklif etiladi. Bunga quyidagi misolni keltirish mumkin. Masalan, qahva ko’p
tarqalgan ichimliklardan hisoblanadi. Uning tarkibida kofein moddasi mavjud.
Bugungi kunda shunday iste'molchilar ham mavjudki, ular kofeinsiz qahvani
xohlaydilar. Demak, bozorning ana shu segmenti iste'molchilari
uchun ham kofeinsiz
qahva ishlab chiqish zaruriyati tug’iladi. Yoki tovarning afzalligiga qarab
segmentlashga televizor orqali tarkibida spirt bo’lmagan pivo haqida beriladigan
reklamani ham kiritish mumkin.
Dostları ilə paylaş: