Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Konyunktura axborotnomasi



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Konyunktura axborotnomasi - bu bozor konyunkturasining hozirgi holati va 
uning asosiy xususiyatlarini aks ettiruvchi hujjatdir. Bu konyunkturani o’rganishning 
eng sodda shakli bo’lib, odatda savdo assortimentining maqbulligini baholash uchun 
foydalaniladi. 
Konyunktura tahlili - konyunkturani mavjud holatga keltirgan omillarning 
tahlilini o’z ichiga oladigan hujjat hisoblanadi. Amalda tahlil bozor konyunkturasinig 
maxsus izlanishlarini aks ettiradi va omillarning ta'sir doirasini aniqlashga xizmat 
qiladi. 
Konyunktura prognozi bozordagi holatni ma'lum davr ichida oldindan 
ko’rish va uning asosiy parametrlarini aniqlashni o’z ichiga oladi. Bunda 
konyunkturaga ta'sir o’tkazuvchi omillarning yaqin kelajakdagi xususiyatlarini 
aniqlashga e'tibor qaratiladi. 
Shuni e'tiborga olish lozimki konyunktura tahlili va prognozida uning o’ziga 
emas, balki konyunkturaga ta'sir qiluvchi omillarga ko’proq ahamiyat beriladi. Shu 
sababli, bozor konьyunkturasiga ta'sir qiluvchi omillarni ajratish maqsadga muvofiq 
bo’ladi. har qanday bozor konьyunkturasini belgilab beruvchi omillarni ikki guruhga 
bo’lish mumkin: 
 makroiqtisodiy omillar; 
 mikroiqtisodiy omillar, ya'ni mazkur bozordagi talab, taklif, narx va raqobat 
omillari. 
Hech qanday alohida tovar bozori mamlakat iqtisodiyotidan ajralgan holda 
rivojlana olmaydi. Shu sababli, iqtisodiyot qanday holatda, uning jahon bozorida 
tutgan o’rni qanday, milliy boyliklar qay darajada qo’llanilmoqda degan savollarga 
javob topish lozim bo’ladi. 
Konyunkturani o’rganishning birinchi bosqichi iqtisodiyotning holatini 
tahlil qilishdan boshlanadi. Yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, eksport hajmi, 
investitsiyalar va iste'mol darajasi va boshqa ko’rsatkichlar ichki bozorning 
rivojlanganlik darajasini aniqlashga yordam beradi. 
Bozor konyunkturasining hozirgi holati iqtisodiy siyosatning bir-ikki yil oldin 
bajarilgan harakatlarning mahsuli bo’lganligi sababli, makroiqtisodiy tahlil kamida 
ikki yillik muddatni qamrab olishi maqsadga muvofiq. 
Keyingi bosqichi bozorni shakllantiruvchi sohaning tahliliga bag’ishlanadi. 
Bunda quyidagi savollarga javob topish lozim bo’ladi: 
 sohaning iqtisodiyotdagi o’rni qanday? 
 soha texnologik jihatdan hayotiy tsiklning qaysi bosqichida? 
 sohaning rivojlanish sur'atlari qanday? 
 sohada qanday muammolar mavjud? 
Bunday izlanish natijasida taklifning umumiqtisodiy imkoniyatlari ma'lum 
bo’ladi. Shunisi e'tiborliki, makroiqtisodiy omillarning tahlili kompleks ravishda olib 
borilishi va olingan ma'lumotlar keng doiradagi konьyunktura tahlillarda qo’llanilishi 


142
mumkin. Shu sababli ko’pchilik davlatlardagi, shu jumladan O’zbekistonda bunday 
axborotlarni davlatning maxsus organlari va halqaro tashkilotlarni vakolatli organlari 
tayyorlab beradilar. Masalan, BMT ning inson taraqqiyoti hisobotlari, TACIS 
dasturining iqtisodiy rivojlanish axborotnomalari, O’zbekiston Respublikasi statistika 
qo’mitasi tahliliy axborotlari va h.k. 
Yuqorida sanab o’tilganidek, mikroiqtisodiy omillarga ushbu bozordagi talab, 
taklif, narx va raqobat kiradi. 
Bozor konyukturasi tahlilida talabning barcha jihatlarini o’rganishga alohida 
e'tibor beriladi. Jumladan: talabning geografik taqsimlanishi, assortimentning 
kengligi va chuqurligi bo’yicha taqsimlanishi, iste'mol intensivligi, hajmi va boshqa 
xususiyatlarni o’rganish zarur bo’ladi. Talabni o’rganishda avvalo qondirilgan talab, 
so’ng qondirilmagan talabga diqqat jalb qilinadi. Tovar aylanish tarkibini tovar 
guruhlari va alohida turlari bo’yicha tahlil hilish orqali qondirilgan talab o’rganiladi, 
qondirilmagan talab esa sotuvchilar va xaridorlarning fikrini o’rganish usullari 
yordamida aniqlanadi. 
Konyunkturaga ta'sir qiluvchi ikkinchi omil - bu tovar taklifidir. Taklifni 
o’rganishda avvalo tovar manbalariga, sotishga taklif etiladigan tovar hajmi va 
tarkibiga, tovar zaxiralariga e'tibor beriladi. Tovar manbalarini tahlil qilish savdo 
tizimiga mahsulot etkazib beruvchi korxonalar ro’yxatini tuzish va ularning 
imkoniyatlarini o’rganishdan iborat bo’ladi. 
Ishlab chiqaruvchilar tovarlarining assortimenti va etkazib berish muddatlari 
taklifning tarkibini aniqlashga yordam beradi. Shundan so’ng bozor 
ishtirokchilaridagi tovar zahiralari tahlil qilinadi. Zahiraning hajmi va tarkibi, qachon 
vujudga kelganligi, zahiraning almashib borish dinamikasi va boshqa ko’rsatkichlar 
taklifning talabga nisbatini aniqlashga xizmat qiladi. Savdo tashkilotlarida 
yuritiladigan hisob tizimining ma'lumotlari, inventarizatsiya natijalari va maxsus 
izlanishlar tovar zahiralirini kompleks o’rganishga asos bo’ladi. 
Narxlarning bozor konyukturasidagi o’rni va ularning shakllanish 
xususiyatlarini hisobga olgan holda narx tahliliga katta e'tibor beriladi. Narxlarni 
o’rganishda quyidagilar tahlil ob'ekti sifatida olinadi: narxlarning barqarorligi, tovar 
assortimenti doirasida narxlarning o’zgarish darajasi, sotuvchi tomonidan narxlar 
bo’yicha o’zgaruvchan tizimlarni qo’llash, mavsumiy narxlarning qo’llanishi va 
boshqalar. Narx bozor konyukturasiga ta'sir qiluvchi eng murakkab omil hisoblanadi. 
Uning o’ziga ham bir qancha omillar ta'sir ko’rsatadi. Shu sababli narx tahlilida 
nafaqat xujjatlarni tekshirish usuli, balki maxsus usullar ham keng qo’llaniladi. 
Mikroiqtisodiy omilardan yana biri shu bozordagi raqobatdir. Tovar 
bozorlaridagi raqobatni tahlil qilishda avvalo korxonalar raqobati, so’ng tovarlar va 
ehtiyojlar raqobati o’rganiladi. Korxonalar raqobatining tahlili sotuvchilar soni, 
ixtisoslashuvi, mahsulot assortimenti, ishlab chiqarish hajmi, yo’naltirilgan maqsadli 
segmenti va boshqalarni o’z ichiga oladi. 
Tovarlar va ehtiyojlar raqobatining tahlili asosan konyunktura prognozida 
amalga oshiriladi hamda raqobatchi tovarlar, o’rnini bosuvchi tovarlar va to’ldiruvchi 
tovarlarning o’zaro muvozanatini aniqlashga qaratiladi. Bunday raqobatni baholash 
uchun marketingning bozorni o’rganish usullaridan keng foydalaniladi. 
Bozor konyukturasini o’rganishning sotuvchi va ishlab chiqaruvchilar uchun 
zarurligi kelajakda ishlab chiqarish quvvatlarini qaysi yo’nalishda rivojlantirish va 


143
qanday sotish siyosatini qo’llash bo’yicha aniq va ishonchli axborotga ega bo’lishda 
namoyon bo’ladi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin