Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Hayot tarzi bo’yicha segmentlash



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Hayot tarzi bo’yicha segmentlashda iste'molchilar qarashlari, qiziqishlari 
bo’yicha guruhlarga ajratiladi. Bunga iste'molchilarni jamiyat manfaati yo’lida 
qayg’uradiganlar, o’z sog’ligini sevuvchilar, oilasi uchun qayg’uradilganlar 
guruhlariga ajratish misol bo’la oladi. 
Korxonaning raqobat kurashida g’olib chiqishi bozor segmentlari qanchalik 
to’g’ri tanlanganligiga ham bog’liq bo’ladi. Bunda bozor segmentlashsining 
me'zonlarini bilish zarur. Quyida bozor segmentining asosiy me'zonlari va ularning 
tavsifi keltiriladi: 
1. Segmentning miqdoriy o’lchamlari. Segment miqdorining o’lchami 
deganda bozor sig’imi, qancha potentsial iste'molchilar borligi va ular qanday 
maydonlarda yashashlari tushuniladi. Bular asosida korxona qanday ishlab chiqarish 
quvvatiga ega bo’lishlari va sotish tarmog’ining hajmini belgilab oladilar. 
2. Segmentning ochiqligi. Segmentning ochiqligi deganda korxona 
mahsulotini sotish uchun qancha miqdorda sotish kanallariga ega bo’lishligi, ularning 
quvvati, tashish va saqlash bo’yicha aniq ma'lumotlarning mavjudligi tushuniladi. 
3. Segmentning muhimligi. Segmentning muhimligi deganda u yoki bu 
iste'molchilar guruhining bozor segmentida qanday o’rin egallab turganligi 
tushuniladi. Korxona ana shu segmentning o’rniga qarab o’z faoliyatini tashkil etadi. 
4. Segmentning foydaliligi. Segmentning foydaliligi deganda korxonaning 
ma'lum bir segmentda ishlashi uning qanday rentabellik darajasini ta'minlashi 
tushuniladi. Korxona u yoki bu bozor segmentining foydaliligini baholashda foyda 
me'yori, qo’yilgan kapital hajmida daromadning hissasi, aktsiya dividentlarining 
miqdori va boshqa iqtisodiy ko’rsatkichlardan foydalanadi. 
5. Segmentning samaradorligi. Segmentning samaradorligi korxonaning 
mazkur tanlangan bozor segmentida ishlash tajribasi, mazkur segmentda ishlovchi 
xodimlarning mahsulotni siljitishga qanchalik tayyor ekanligi kabi ko’rsatkichlar 
bilan baholanadi. 
Umuman olganda, bozorni segmentlash korxonaning muayyan bozorda 
samarali faoliyat ko’rsatishining muhim omillaridan biri hisoblanadi. 


146

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin