Kommunikatsion jarayon - bu ikki va undan ortiq odamlar o’rtasidagi
axborot almashish jarayonidir. Bu jarayonda to’rtta bazaviy unsur qatnashadi:
axborotni jo’natuvchi;
axborotning o’zi (xabar);
aloqa kanali, ya'ni axborotni uzatish vositasi;
axborotni qabul qiluvchi.
Ana shu to’rt unsur bir-biri bilan hamohang ishlagandagina, axborot o’z
vazifasini bajaradi. Axborotlarni almashuv jarayonida har ikkala tomon (jo’natuvchi
va qabul qiluvchi) faol rol o’ynashi kerak.
Kommunikatsion jarayon 6 bosqich ketma-ketligida bajariladigan ishlar
majmuasi tariqasida ifodalash mumkin:
1. Axborotni tanlash va g’oyani shakllantirish. Bu bosqichda axborotni
qabul qiluvchiga qanday topshiriqni, qaysi g’oyani berish to’g’risida fikrlaydi va uni
shakllantiradi.
2. Axborotlarni kodlashtirish va axborot (xabar)ni shakllantirish. Bu erda
axborotni jo’natuvchi o’zining g’oyasini grafik va chizmalarda, yozma ovozda yoki
tasvirda kodlashtiradi.
3. Aloqa qilish kanalini tanlash va axborot (xabar)ni uzatish. Kodlashtirish
bilan bir qatorda axborotni uzatuvchi kommunikatsiyaga muvofiq ravishda uzatish
kanalini tanlaydi. Shunday kanallar turkumiga: pochta, telefon, telefaks, elektron
pochta, kompyuter shoxobchasi va boshqalar kiradi.
4. Dekodlashtirish va axborotni qabul qilish. Dekodlashtirish deganda
uzatilayotgan xabarni, axborotni qabul qiluvchi fikriga o’tkazish, belgilarda ifodalash
tushuniladi. Agar bir tomon axborotni taklif etsa, ikkinchi tomon uni hech qanday
to’siqsiz sababli, axborot etkazilguncha yo’l-yo’lakay turli shov-shuvlarga duch kelib
asl mohiyatini yo’qotish mumkin. Shu sababli teskari aloqa ham mavjud.
5. Axborotni talqin qilish va javobni shakllantirish. Bu bosqichda axborot
uzatuvchi bilan axborotni qabul qiluvchi o’z o’rinlari bilan almashinadilar. Axborotni
qabul qiluvchi olgan axborotni talqin qiladi va javobni shakllantiradi.