Microsoft Word menejment va marketing asoslari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

6. Javobni uzatish. Shakllantirilgan javob tanlab olingan kanal orqali 
axborotni uzatganga qaytib uzatiladi va shu bilan kommunikatsion jarayon tugaydi. 
Hozirgi paytda eng muhim kommunikatsiya vositasi sifatida kompyuterlar xizmat 
ko’rsatmoqda. Ular yordamida axborot to’planadi, dasturlar tuziladi, ma'lumotlar 
banki hosil qilinadi. Kompyuterlar nafaqat ishlab chiqarishni boshqarish uchun, balki 
iqtisodiyotning barcha jabhalari uchun o’ta zarur.
11.5. Axborot almashuv jarayonidagi muammolar 


104
Shuni qayd qilish lozimki, shaxslararo axborot almashuv jarayonida ayrim 
muammolar tug’ilishi mumkin. Shunday muammolar turkumiga quyidagilarni qayd 
qilish mumkin: 
 Idrok qilishdagi ruhiy farq. 
 Ma'naviy (semantik) to’siq. 
 Noverbal imo-ishoralar. 
 Filtrlash. 
 Aloqa kanallarining haddan tashqari ko’payib ketishi. 
 Nomaqbul tashkiliy struktura (tarkib). 
Kishilar bir xil ma'lumotni o’zlarining bilim darajalari, hayotiy tajribalari, 
hissiy tuyg’ularining turlichaligidan o’zlaricha turlicha talqin qiladilar va qabul 
qiladilar. Bu o’rinda rahbar bilan bo’ysinuvchi o’rtasidagi munosabat ham muhim rol 
o’ynaydi. Bir-biriga ishonch va o’zaro bir-birini anglash bor joyda axborot ko’lami 
kengayadi, ularning aniqligi oshadi, javobgarlik ham bir xilda bo’ladi. 
Ma'naviy semantik to’siq uzatilayotgan axborotni kodlashtirishda qo’llanilgan 
belgi (simvol)larning axborotni qabul qiluvchilar didlariga (ularning lavozimlari, 
mavqelari, mintalitet, milliy urf-odatlar nuqtai nazaridan) mos tushmaganligada 
namoyon bo’ladi. 
Simvol, (belgi)lardan tashqari axborotlar bilan almashuv chog’ida noverbal, 
ya'ni og’zaki yoki so’zda emas, balki imo-ishoralar, masalan, chehra, savlat, vajohat, 
tovushning o’zgarib turishi kabilar ham bajaruvchiga aytiladigan so’z mohiyatini 
tubdan o’zgartirilgan holda etkazilishiga sabab bo’lishi mumkin. Ruhshunoslarning 
fikricha, so’z bilan aytiladigan axborotni 90% igacha qisma so’z oraqi emas, balki 
noverbal yo’l bilan qabul qilinar ekan.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin