105
zum o’zingizni holi tuting. Yuzma-yuz gaplashayotgan aniq kishini ko’z oldingizga
keltiring va ushbu qoidalarga nechog’liq rioya qilganingizga baho bering (18-jadval).
18-jadval. Samarali quloq solishning 10 qoidasi
T/r Qoidalar
Izoh
1. So’zlashdan
to’xtang
- Gapira turib quloq solish mumkin emas. Har bir kishiga
shivirlab, ammo "hech kimga ovoza qilma" degan naql
bor.
2. So’zlovchiga
o’zini erkin
tutishga
yordamlashing
- Gapiruvchi kishiga o’zini erkin tutishi uchun sharoit
yarating. Ko’pincha buni hal qiluvchi muhitni yaratuvchi
deb atashadi.
3. O’zingizni
so’zlovchiga quloq
solayotganingizni
ko’rsating
- O’zingizni manfaatdor ekanligingizni ko’rsating va
shunga mos ravishda harakat qiling. So’zlashuv
jarayonida gazeta, jurnal o’qimang. Eshitaturib uni rad
qilish bahonalarini izlamasdan, balki uni tushunishga
harakat qiling.
4. G’ashga tegadigan
holatlarni bartaraf
qiling
- Rasm chizib turmang, stolga urmang, qog’ozlarni bir
joydan ikkinchi joyga qo’zg’atavermang,
ehtimol eshik
yopib qo’yilsa, xonada sokinlik bo’ladi.
5. Bardoshli bo’ling - Vaqtni ayamang. So’zlaguvchini bo’lmang, chiqishga
zo’r bermang, eshik tomon qadam bosmang.
6. So’zlovchiga
hamdard bo’ling
- So’zlovchini o’zingizning o’zningizga qo’yib ko’ring.
7. Harakteringizni
saqlay biling
- G’azablangan kishi suhbat mazmuniga noaniqlik kiritish
payida bo’ladi.
8. Bahsga va tanqidla
yo’l qo’ymang
-Bunday hol so’zlovchini himoyaga o’tishga
majbur
qiladi. U jim bo’lib qolishi yoki jahli chiqishi mumkin.
Aynan bahsda g’olib chiqib, bu bilan yutqazgan bo’lasiz.
9. Savollar bering
- Bu so’zlovchini ilhomlantirida, u sizning uni quloq
solayotganingizga yani bir bor iqror bo’ladi. Bu oldinga
jilishga yordam beradi.
10. So’zlashdan
to’xtang
- Birinchi maslahat ham shundan boshlangan. Oxiri ham
shu bilan tugaydi. Zero, qayd qilinganlarning barchasi
shunga bog’liq. Siz gapirishdan to’xtamas ekansiz, demak,
samarali quloq solishni ham bilmaysiz.
Tabiat
odamga ikkita quloq, ammmo faqat bitta til ato etgan. Ohistagina
aytmoqchi bo’lsak, bu degan so’z - gapirishdan ko’ra ko’proq eshitish kerak. Eshitish
uchun ikkita quloq zarur: biri - so’z mohiyatini qabul qilish, ikkinchisi - so’zlovchi
hissiyotini ilib olish uchun kerak.
106
Quloq solishni istamaydiganlar asosli qarorlar qabul qilish uchun etarli
axborotlar oligga muvaffaq bo’lmaydilar. O’zingizning quloq slish qobiliyatingizgni
o’stirish niyatida bo’lsangiz so’zlashuvdan so’ng o’zingizga o’zingizga-o’zingiz baho
berishga harakat qiling. Buning uchun shu jarayonda qayd qilingan 10
qoidaga
banoan qanday samarali ish qilganingizni o’zingizdan so’rang. Shundan so’ng qaysi
qoidalar ustida ishlashingiz va o’zingizni takomillashtirishingiz ayon bo’lib qoladi.
Dostları ilə paylaş: