114
foydasi, xaridor ehtiyojlari va jamiyat manfaatlarining o’ziga xos muvofiqlashuvi va
o’zaro bog’lanishi sodir bo’ladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy marketing bilan bog’liq bo’lgan, katta ijtimoiy jamoalarning,
davlat siyosatining muammolariga diqqatini qaratuvchi
mega-marketing paydo
bo’ldi.
Jamiyat hayotini axborotlashtirish kuchaygan sharoitda korxonaning xaridor
bilan bevosita munosabatda bo’lishi imkoniyati vujudga keladi. Ommaviy
marketingdan alohidalashgan marketingga o’tish kuzatiladi. Shunday yo’nalishlardan
biri -
munosabatlar marketingi (maksi-marketing) zamonaviy
telekommunikatsiyaviy vositalardan foydalangan holda iste'molchilar bilan individual
munosabatlarni iloji boricha mustahkamlashga yo’naltiriladi. Bu erda uzluksiz
ravishda interaktiv kommunikatsiyalar yordamida olingan individual iste'molchi
haqidagi bilimlarni amalda tadbiq etish jarayoni boradi. Bu bilimlar uzluksiz va uzoq
muddatli o’zaro manfaatli aloqalarni ta'minlash maqsadida mahsulotlar va
xizmatlarni yaratish va siljitishga yordam beradi. Bunday munosabatlarning xaridor
uchun afzalliklari - aloqalarning samaradorligi, ishlab chiqaruvchi uchun - foyda,
ikkalasi uchun - tinchlik, kelajakka ishonch. qayd qilish kerakki, individual marketing
mehmonxonada lyuks xizmat ko’rsatishda, bank ishida tobora ko’proq
rivojlanmoqda, aniqrog’i, har qanday alohidalashgan tovar bozorlarida qo’llanilishi
mumkin. Zamonaviy marketing kontseptsiyalarini chizma ko’rinishida quyidagicha
tasvirlash mumkin:
Boshlang’ich
nuqtasi
Vositalar
Bozordagi faoliyatning
maqsadlari
Xaridorlarning,
maqsadli
guruhlarning
ehtiyojlari, afzal
ko’rgan narsalari
Markеting
sohasidagi
tadqiqotlar
(markеting-miks)
Xaridorlar ehtiyojlarini
barqaror qondirish evaziga
foyda olish
Dostları ilə paylaş: