Microsoft Word menejment va marketing asoslari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

environmentalistik harakat rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga ekologik 
muammolarga e'tibor kuchaymoqda. Ekologiya firma tashqi muhitining omili sifatida 
qaralmoqda. "Yashil marketing" harakati rivojlanmoqda, bu esa ekologik jihatdan 
toza bo’lgan mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirishga ko’maklashadi. 
12.4. Marketingning funktsiyalari va tamoyillari 
Marketing mohiyatini anglashda uning eng harakterli tomonlarini tushunib 
olish kerak: uning asosiy sub'ektlari, marketing munosabatlarining ishtirokchilari 
kim, marketing nimalar bilan ishlaydi, uning ob'ektlari qanday, u qanday vazifalarni 
hal qiladi va uning funktsiyalari va tamoyillari nimalardan iborat? 
19-chizma. Marketing sub'ektlari 
Pirovard istе'molchi 
(individuum) 
Markеtingning asosiy 
sub'еktlari
Ishlab chiqaruvchi 
Istе'molchi tashkilotlar 
Markеting bo’yicha 
Chakana savdo 
Ulgurji savdo 


116
Marketingning asosiy sub'ektlari - ishlab chiqaruvchilar, marketing bo’yicha 
mutaxassislar, vositachilar va xilma-xil mahsulot va xizmatlarning iste'molchilari 
hisoblanadi (19-chizmaga qarang). 
Marketing ob'ektlariga moddiy tovar, xizmatlar, g’oyalar, tashkilotlar, 
hududlar va shaxslar kiradi. Marketing ob'ektlarini, odatda, "tovarlar" tushunchasiga 
birlashtiradilar. 
Moddiy tovarlar shaxsiy iste'mol tovarlariga, ishlab chiqarishga va davlat 
ijtimoiy maqsadlari uchun mo’ljallangan tovarlarga bo’linadi. 
Xizmatlar (uy-ro’zg’or, ishlab chiqarish, moliyaviy, transport va aloqa, 
ijtimoiy, intellektual) - marketing faoliyatining eng yaxshi rivojlanayotgan sektori. 
Ularning sifati o’zgaruvchan, chunki aniq bajaruvchiga bog’liq va ularni standartlash 
qiyin. 
G’oyalar rivojlanish va prognoz stsenariylari, loyihalar, texnologiyalar, 
patentlar, nou-xaular, ijtimoiy me'yorlar va an'analar, ehtiyojlar va ularning 
ierarxiyasini o’z ichiga oladi. g’oyalar marketingi mualliflik birinchiliklarini huquqiy 
ta'minotining rivojlanishiga uzviy bog’liqdir. 
Tashkilot marketingning ob'ekti sifatida tashkiliy struktura va modellar 
jihatidan ham, huquqlar, imtiyozlar va hokazo jihatidan ham qaralishi mumkin. 
Biznes muhitida va umuman jamiyat nazarida tashkilotning obro’izzati haqida 
alohida aytish kerak. Tashkilotning imiji, odatda, firmaning, tovarning belgisi yoki 
firmaning xizmat ko’rsatish belgisi bilan tavsiflanadi. 
Hududlarga marketing ob'ektlari sifatida uyjoy, dam olish joylari, xo’jalik 
qurilishlari, investitsiya ob'ekti sifatida er ham kiradi. Ancha kengroq ma'noda 
hududlar marketingi haqida gapirganda ko’chmanchilar, turistlar, biznesmenlar 
kategoriyasini umumiy holda belgilash, moliyaviy va boshqa resurslarni jalb etishni 
tushunish mumkin. 
Shaxs haqida gapirganda, avvalo, mehnat resurslari va ish joylari bozorini, 
shuningdek, madaniyat, san'at, siyosat, fan, ta'lim, tibbiyot, sport va boshqa 
sohalardagi buyuk shaxslar bozorini nazarda tutadilar. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin