Microsoft Word menejment va marketing asoslari


-BOB. MARKETING TIZIMIDA AXBOROT TA'MINOTI



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

 
13-BOB. MARKETING TIZIMIDA AXBOROT TA'MINOTI 
13.1. Marketingda axborotlarning ahamiyati 
13.2. Marketing axborotlari turlari 
13.3. Marketing axboroti manbalari 
13.1. Marketingda axborotlarning ahamiyati 
Mamlakatda iqtisodiyotni rivojlanishi, boshqarish tizimini mukamallashtirish 
axborotlarsiz amalga oshirib bo’lmaydi. Axborotlar milliy iqtisodiyotning barcha 
tarmoqlari, sohalari, bo’linmalari (ish joyidan tortib vazirliklargacha) o’rtasida va 
ushbu korxona bilan o’xshash korxonalar va tashkilotlar o’rtasida uzluksiz axborot 
almashishdan iborat. Fan-texnika taraqqiyoti o’sishi bilan birga chiqarilayotgan 
tovarlarning nomenklaturasi ham ortadi, tez yangilanadi, ishlab chiqarishning texnika 
bazasi zamonaviy va murakkab mashinalar sistemasi bilan boyiydi, texnologik 
jarayonlar intensivlashadi va murakkablashadi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish 
kengayadi va hokazo. Shuning uchun korxonada foydalanadigan axborotlarning 
miqdori keskin ortadi. Shuni aytish kifoyaki, hozirgi zamon mashinasozlik 
korxonasida boshqarish ehtiyoji uchun har soatda 100 mingdan ko’proq yoki kuniga 
bir milliongacha axborot belgilarini ishlab chiqarish talab qilinadi. Axborotlar 
etishmasa, yoki ulardan to’la foydalanilmasa, boshqarishda xatoliklarga yo’l 
qo’yilishi mumkin. Chunki bunday holda rahbar ishlab chiqarishning ahvoli haqida 
to’la ma'lumotga ega bo’lmaydi. Bozor imkoniyatlarini yaxshiroq bilish va marketing 
muammolarini echish uchun har qanday tashkilot, korxona yoki firmaga to’liq va 
haqqoniy axborot zarur. Ular o’z xaridorlarini, raqobatchilarini, vositachilarini sotish 
va baholar to’g’risidagi ma'lumotlarga ega bo’lmasdan turib, har tomonlama tahlil, 
rivojlantirish va nazorat qilishni amalga oshira olmaydilar. 
Mashhur amerikalik marketologlardan biri shunday degan edi: "Biznesni 
boshqarish - bu uning kelajagini boshqarish, kelajagini boshqarish - axborotga egalik 
qilishdir". Haqiqatdan ham, axborot moliyaviy, xom-ashyo, asbob-uskunalar va 
ishchi kuchi kabi muhim boshqarish resursi va ob'ekti bo’lib qolmoqda. Shu bilan bir 
vaqtda, xorijlik tadqiqotchilar ta'kidlaganidek, bozor to’g’risidagi axborotlardan to’liq 
qoniqqan korxonani topish juda mushkul. Ayrimlar aniq ma'lumotlarning 


125
etishmasligidan nolisalar, boshqalari noaniq axborotning ko’pligidan noliydilar. 
Bundan tashqari, axborotning qanchalik haqqoniyligini aniqlash ham muammodir. 
Shuning uchun, hatto xorijda ham xaridor bozori sharoitida juda kamdan-kam 
firmalargina rivojlangan marketing axboroti tizimiga ega ekanliklari bilan maqtana 
oladilar. Ularning ko’pchiligi marketing tadqiqot bo’limlariga ega emaslar, 
boshqalari o’z tarkiblarida, sotishni istiqbollash va tahlil qilish bilan shug’ullanuvchi 
kichik bo’limlarga egadirlar. Endi bizdagi ahvolga kelsak, bozorning ahvoli haqida 
axborot to’plash hali o’z rivojining ilk bosqichidadir. Lekin yangidan-yangi 
talablarning shiddat bilan rivojlanishi, marketingning baynalminallashuvi, 
raqobatning keskinlashishi samarali axborotlarga egalik qilishni kun tartibiga 
qo’ymoqda. Bunga yangi texnikalarning, yangi kompьyuterlar, nusxa ko’chiruvchi 
mashinalar, videomagnitofonlar va boshqalarning keng ko’lamda ishlatilishi keng 
imkoniyatlar yaratmoqda. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin